Mei Fang
Mei Fang (xitoycha: 梅方 1989-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan. Sobiq xitoylik professional futbolchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mei Fang | ||
Tavallud sanasi | 14-noyabr 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Wuhan, Hubei, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 1 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005—2008 | Wuhan Optics Valley | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008 | Wuhan Optics Valley | 0 | (0) |
2009—2013 | Wuhan Zall | 107 | (7) |
2014—2021 | Guangzhou Evergrande | 106 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2014—2019 | Xitoy | 24 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati
tahrirMei Fang futbolchilik faoliyatini 2008-yilda asosiy jamoaga koʻtarilgandan soʻng „Wuhan Optics Valley“da boshlagan. 2008-yil avgust oyida u jamoadoshi Vang Yang bilan Liga 2 jamoasi RC Strasbourg sinovidan oʻtgan[1]. 2008-yil oktyabr oyida Wuxan Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan jazolangani uchun ligani tark etgan. Klubsiz qolgan Mei 2008-yilning noyabrida Vang bilan Bundesliga vakili VfL Wolfsburg sinovga taklif qilingan[2]. Ular Yevropadagi sinovlarini davom ettirdilar va 2008-yilning dekabrida Belgiya Pro-ligasi vakili Serkl Bruggega koʻchib oʻtishgan[3].
Mei 2009-yilgi mavsumda Hubeyga koʻchib oʻtgan. 2009-yil 28-noyabrda u oʻzining birinchi ligadagi golini urgan, ammo pley-off finalida Hunan Billowsga yutqazishgan[4]. U 2010-yilning yanvarida Serkl Bruggening klub bilan yana shartnoma imzolash taklifini rad etgan[5]. Mei 2012-yil boshida Hubei Greenery nomini Wuhan Zallga oʻzgartirgandan soʻng shartnomasini ikki yilga uzaytirgan[6]. U 2012-yil 12-martda klub sardori etib tayinlangan[7] va Wuhan 2012-yilgi mavsumda yuqori ligaga koʻtarilgan. 2013-yilning 8-martida u Jiangsu Saintyga qarshi oʻzining yuqori diviziondagi debyutini oʻtkazgan[8]. Keyin u oʻsha mavsumdagi birinchi golini 2013-yilning 1-iyunida Qingdao Jonunga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan[9]. 2013-yil 18-avgustda Guangzhou R& Fga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng uning sardorligi klub tomonidan Cho Von Xiga topshirilgan[10].
Wuhan ikkinchi divizionga tushib ketganidan soʻng, Mei Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoan bilan aloqaga chiqgan[11] ammo, 2014-yilning 1-yanvarida Mei Guangzhou Evergrand bilan shartnoma imzolagan[12]. U 2014-yilning 26-fevralida 2014-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasining birinchi guruh oʻyinida „Melburn Victory“ga qarshi oʻyinda (4:2) klub tarkibida oʻz debyutini oʻtkazgan va 88-daqiqada Alessandro Diamanti oʻrniga zahiradan maydonga tushgan[13]. U klubdagi ilk golini 2014-yilning 21-may kuni Guizhou Renhega qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. 2017-yilning 29-iyulida Mei „Guangzhou R&F“ga qarshi liga oʻyinida jarohat olgan, bu esa uni 2017-yilgi mavsumning qolgan qismiga safdan chiqishiga sabab boʻlgan[14]. 2018-yilning 18-iyulida u Guizhou Hengfengga qarshi oʻyinda oʻz uyida 4:0 hisobida gʻalaba qozongan holda jarohatdan keyingi ilk oʻyinini oʻtkazgan[15].
Mei 2022-yil 10-martda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[16].
Xalqaro faoliyati
tahrirMei Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 18-iyunida Makedoniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan[17]. Mei Xitoyning 2015-yilgi Osiyo Kubogi uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritilgan va turnirdagi barcha 4 oʻyinda maydonga tushgan. 2015-yilning 12-noyabrida Mei 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Butan ustidan 12:0 hisobida gʻalaba qozonib, xalqaro maydondagi ilk golini kiritgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Wuhan Optics Valley | 2008 | Xitoy Super Ligasi | 0 | 0 | - | - | - | 0 | 0 | |||
Wuhan Zall | 2009 | Xitoy Ikkinchi Ligasi | 13 | 1 | - | - | - | 13 | 1 | |||
2010 | Xitoy Birinchi Ligasi | 20 | 0 | - | - | - | 20 | 0 | ||||
2011 | 20 | 2 | 0 | 0 | - | - | 20 | 2 | ||||
2012 | 26 | 2 | 1 | 0 | - | - | 27 | 2 | ||||
2013 | Xitoy Super Ligasi | 28 | 2 | 1 | 0 | - | - | 29 | 2 | |||
Jami | 107 | 7 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 109 | 7 | ||
Guangzhou Evergrande | 2014 | Xitoy Super Ligasi | 18 | 1 | 2 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 25 | 1 |
2015 | 21 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | 1 | 0 | 31 | 0 | ||
2016 | 25 | 0 | 7 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | ||
2017 | 13 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 19 | 0 | ||
2018 | 10 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | ||
2019 | 6 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | - | 8 | 0 | |||
2020 | 10 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | - | 15 | 0 | |||
2021 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 3 | 0 | |||
Jami | 106 | 1 | 12 | 0 | 26 | 0 | 1 | 0 | 135 | 1 | ||
Karyerada jami | 213 | 8 | 14 | 0 | 26 | 0 | 1 | 0 | 254 | 8 |
Xalqaro statistika
tahrirMilliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2014 | 7 | 0 |
2015 | 12 | 1 |
2016 | 1 | 0 |
2017 | 2 | 0 |
2018 | 0 | 0 |
2019 | 2 | 0 |
Jami | 24 | 1 |
Xalqaro maydondagi gollar
tahrir# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 12.11.2015 | Xelong stadioni, Changsha, Xitoy | Butan | 1 — 0 | 12-0 | FIFA Jahon chempionati-2018 saralashi |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrir- Xitoy Superligasi : 2014, 2015, 2016, 2017, 2019
- Osiyo Chempionlar Ligasi : 2015-yil
- Xitoy FA kubogi : 2016
- Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018
Manbalar
tahrir- ↑ „梅方汪洋今日赴法试训“. Hubei Daily (26-avgust 2008-yil). 6-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ „双子星汪洋梅方试训狼堡 拜仁前主帅将面授机宜“. sohu (2008-yil 6-noyabr). Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ „汪洋梅方试训比甲球队 基本功一点也不逊色“. sina (2008-yil 4-dekabr). 2-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ „实录:[中乙湖南点杀湖北夺冠 功臣梅方失点球“]. sohu (2009-yil 28-noyabr). Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ „国奥新星放弃留洋比利时 梅方决定留守绿茵战中甲“. sina (2010-yil 18-yanvar). 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ „武汉宣布前国奥大将留队 梅方:被卓尔诚意打动“. sohu (2012-yil 4-fevral). Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ „汉军选出史上最年轻队长 老将忻峰辅佐小将梅方“. sohu (2012-yil 12-mart). Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ „Jiangsu Sainty vs. Wuhan Zall 2 - 1“. Soccerway. Qaraldi: 3-yanvar 2014-yil.
- ↑ „Wuhan Zall vs Qingdao Jonoon 1 - 1“. Soccerway. Qaraldi: 3-yanvar 2014-yil.
- ↑ „武汉卓尔宣布与主帅图拔科维奇解约 同时撤换队长“. sina (2013-yil 18-avgust). 2013-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ „大国安终要出手买人了! 卓尔队长梅方已接近加盟“. Netease (2013-yil 9-dekabr). 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ Atkins. „GUANGZHOU EVERGRANDE SHOCK RIVALS WITH MEI FANG CAPTURE“. Wild East Football. Qaraldi: 3-yanvar 2014-yil.
- ↑ „GUANGZHOU EVERGRANDE (CHN) 4-2 MELBOURNE VICTORY (AUS)“. AFC (2014-yil 26-fevral). 2014-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2014-yil.
- ↑ „屋漏偏逢连夜雨!斯科拉里:梅方重伤6个月赛季报销“. Netease (2017-yil 29-iyul). Qaraldi: 2-avgust 2017-yil.
- ↑ „中超-塔利斯卡戴帽助郜林神倒钩 10人恒大4-0贵州“. Sina (2018-yil 18-iyul). Qaraldi: 18-iyul 2018-yil.
- ↑ „前国脚梅方宣布退役:告别的时刻终究还是到了“ (xitoycha). Dongqiudi (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
- ↑ „热身赛-佩兰首秀于汉超高迪破门 国足2-0马其顿“. xinhuanet.com (18-iyun 2014-yil). 2014-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2014-yil.