Mejdu kushanami i arabami
Mejdu kushanami i arabami, toʻliq nomi Mejdu kushanami i arabami: arxitektura Sredney Azii V—VIII vv. (ruscha: Между кушанами и арабами: архитектура Средней Азии V—VIII вв.) — Sergey Xmelnitskiyning Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi tarixiga atab yozilgan monografik kitoblaridan birinchisi. 2000-yil Berlin va Riga shaharlarida „Gamajun“ nashriyotida qattiq jildda chop etilgan.
Asl nomi | ruscha: Между кушанами и арабами: архитектура Средней Азии V—VIII вв. |
---|---|
Muallif(lar) | Sergey Xmelnitskiy |
Mamlakat |
Germaniya Latviya |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ilmiy nashr |
Nashr etilgan sanasi | 2000-yil |
Nashriyot | Gamajun |
Sahifalar soni | 290 |
ISBN | ISBN 9984-599-04-3 |
Kitobda Oʻrta Osiyoga islomning kirib kelishigacha boʻlgan ilk oʻrta asrlardagi meʼmorchilik tarixi toʻgʻrisida soʻz boradi. Unda muallif Panjikentdagi „ibodatxonalar“ („храмы“; ammo aslida — jamoat binolari) deb nomlangan yangi atributni ilmiy asoslaydi; ilk oʻrta asr qalʼalarining — koʻshklarning tasnifini beradi; taniqli Oʻrta Osiyo inshootlarini yangi rekonstruksiyasini taklif etadi[1].
Kitobda monografiya mavzusi qamrab olgan davrga oid shaharsozlik, qurilish materiallari va konstruksiyalari, rejalashtirish, kompozitsiyalash va ichki tuzilish texnikasi, koʻshklar, qalʼalar, turar-joy binolari, saroylar, jamoat binolari, memorial binolar va kult meʼmorchiligi aniq misollar bilan yoritib berilgan[1].
Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: R. Muradov — muharrir, V. Reshetov – rasmlari muharriri, O. Libedenets – layout operatori[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrir- „Хмельницкий Сергей. Между кушанами и арабами. Архитектура Средней Азии V—VIII вв“ (ruscha). Twirpx.com. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.[sayt ishlamaydi]
Adabiyotlar
tahrir- Хмельницкий С. Г. Между кушанами и арабами. Архитектура Средней Азии V—VIII вв — Gamajun. — Берлин—Рига, 2000. — P. 290. — ISBN 9984-599-04-3.