Mekorama
Mekorama (inglizcha: Mekorama) — iOS va Android mobil qurilmalari uchun mavjud boʻlgan indie boshqotirma janridagi oʻyin boʻlib. U mustaqil shved dasturchisi va dizayneri Martin Magni tomonidan ishlab chiqilgan. Oʻyinning mohiyati nomaʼlum robotni boshqarish va labirintlardan oʻtishdir.
Mekorama | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Martin Magni |
Nashir etuvchi | Ratalaika Games |
Chiqarilgan sana | 2016-yil 15-may |
Janr | Boshqotirma |
Platformalar |
IOS Android |
Boshqaruv | Sensorli ekran |
Oʻyin tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. Ular Mekoramani taqdim etilgan turli xil labirintlar va boshqotirmalar, shuningdek, darajalarni tahrirlash imkoniyati mavjudligi uchun maqtashdi. Vizual dizayn turli xil oʻrtacha va passroq baholandi[1].
Oʻyin jarayoni
tahrirMekorama — izometrik grafiklarni taqlid qiluvchi 3D boshqotirma oʻyini boʻlib. Oʻyinchi nomsiz robotni boshqaradi, u labirintda harakatlanishi va qizil nuqta bilan belgilangan finalga yetib borishi kerak boʻladi. Labirintning oʻzi kublardan iborat boʻlib, qisman suv ostida ham boʻlishi mumkin[2].
Robot labirint boʻylab harakatlanishi va yashirin yoʻllarni topishi kerak, buning uchun oʻyinchi kamerani 90 daraja aylantirishi kerak boʻladi. Shuningdek toʻgʻri oʻtish joyini topish uchun oʻyinchi harakatlanuvchi platformalarni siljitishi yoki xuddi shunday aylanish mexanizmlarini faollashtirishi kerak boʻladi. Baʼzi darajalar permutatsiya boshqotirmalari kabi ishlaydi, boshqalari esa aniqlikni talab qiladi yani toʻpni toʻgʻri yoʻnalishga tushurish uchun platformadan foydalanish kerak boʻlganda. Shu kabi janrdagi koʻplab oʻyinlardan farqli oʻlaroq, Mekorama fizika qonunlarini buzmaydi va fazoviy oʻzgarishlar bilan optik illyuziyalarni yaratmaydi. Robotning oʻzi ham fizika qonunlariga boʻysunadi va agar siz robot turgan platformani aylantira boshlasangiz, u yiqilib tushadi va hatto joylashgan joyidan butunlay uchib ketishi ha mumkin boʻladi. Bunday holda, oʻyinchi yutqazadi va darajasini qayta boshlashi kerak boʻladi[2].
Oʻyinda shuningdek, oʻyinchi tomonidan boshqarilmaydigan robotlar mavjud boʻlib, ular darajani oʻtishga xalaqit beradi, boshqa robotlar esa xavfli boʻlib ular boshqariladigan robotga zarba berib, uni „oʻldiradi“, siz ulardan ikki blok uzoqklikda harakatlanishingiz kerak boʻladi. Uchinchi turdagi robotlar — bu yurish platformasiga oʻxshaydi, oʻyinchi ularni toʻgʻri yoʻnalishga yurishga majbur qilish uchun ularning yoʻlini toʻsib qoʻyishi kerak boʻladi[2].
Oʻyinda jami 50 ta daraja mavjud boʻlib. Oʻyinchi maxsus tahrirlashda oʻz darajasini yaratishi mumkin boʻladi.
Tanqid
tahrirTaqriz yigʻuvchi | Baho |
---|---|
Metacritic | 90/100 (iOS)[1] |
Nashr | Baho |
---|---|
Apple'N'Apps | 9/10[1] |
TouchArcade | [3] |
Multiplayer.it | 8,0[4] |
3DJuegos | 7,0[5] |
Pocket Gamer UK | [6] |
Oʻyin oʻyin tanqidchilaridan turli xil baholarni oldi. Metacritic agregator saytida oʻrtacha 100 balldan 81 ballga ega boʻldi [1]. IGN muharrirlari Mekoramani 5 tadan smartfonlar uchun eng yaxshi boshqotirna janridagi oʻyinlardan biri deb atashdi [7].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Mekorama“ (en). Metacritic. 2020-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Hayley Tsukayama. „The Mekorama app: A worthy addition to the puzzle-game genre“. Washingtin Post (2016-yil 3-iyun). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.
- ↑ „'Mekorama' Review - Mechanical Valley“ (en). TouchArcade (2016-yil 26-may). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-fevral.
- ↑ „Prospettive cangianti“ (it). Multiplayer.it. 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-fevral.
- ↑ „Análisis de Mekorama para iOS en 3DJuegos“ (es). 3DJuegos. 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-fevral.
- ↑ Harry Slater. „Mekorama vs Monument Valley - Which is the better game?“ (en). pocketgamer. 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-fevral.
- ↑ „5 Best Puzzle Games for Your Smartphone“ (en). IGN India (2019-yil 18-aprel). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.