Meksika boʻrisi
Meksika boʻrisi[1] - Boʻrilarning Canis lupus[2] kenja tur populyatsiyaslaridan biri boʻlib Janubiy-sharqiy Arizona, Janubiy New Mexico va Meksikaning shimoliy hududlarida yashaydi. U bir paytlar gʻarbiy Texasda ham tarqalgan. Katta ehtimol bilan uning ajdodlari Shimoliy Amerikadagi birinchi kulrang boʻrilardan boʻlgan. U xalq orasida lobo nomi bilan ham tanilgan. AQSHning 1972-yildagi Endangered Species Act qonuniga asosan yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar roʻyxatiga kiritilgan.
Meksika boʻrisi | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Meksika boʻrisi | ||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||
| ||||||||||||
Canis lupus baileyi | ||||||||||||
Canis lupus baileyining tarqalishi
|
Tashqi koʻrinishi
tahrirU Shimoliy Amerikadagi kulrang boʻrilarning eng kichigi boʻlib[3], turdoshi C. l. nubilusga oʻxshab ketadi. Ammo kichik jussasi, tor bosh chanogʻi va nisbatan toʻq yungi bilan ajralib turadi. Yungi sargʻish-kulrang, orqasi va dumi esa qora tusga ega.
Yashash tarzi
tahrirMeksika boʻrisi dunyodagi qolgan boʻrilar kabi yirik tuyoqli hayvonlar bilan oziqlanadi. Rocky Mountain bugʻusi boʻri ozuqasining 76-80%ini tashkil qiladi. Shu jumladan u xachir kiyik, oq dumli kiyik, pekari kabi Shimoliy Amerikaga xos turlar va boshqa quyon va olmaxon kabi kichik sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. Chorva mollari oʻtlaydigan yerlarda ozuqasining 16%iga yaqinini chorva mollari tashkil etadi.[4] Meksika boʻrisi yashaydigan yerlarda boshqa etxoʻrlar ham yashaydi. Ular togʻ sherlari, qora ayiqlar, koyotlar, yovvoyi mushukalar, qizil va kulrang tulkilardir.[5]
Hozirgi aholisi
tahrirFish and Wildlife Servicesning aniqlashicha 2023-yil 28-fevral holatiga Janubi-gʻarbiy Amerikadagi erkinlikdagi meksika boʻrilarining soni 241taga yetgan. Ularning 136tasi New Mexicoda and 105tasi Arizonada. Boʻri bolalarining yillik yashab ketish darajasi 67%ni tashkil etdi. 109ta boʻriga (boʻrilarning 45%ida) ularni monitor qilish va boshqarish uchun boʻyinbogʻlar taqilgan. 2022 yili 2017-yildan beri eng kam oʻlim (12ta oʻlim) qayd etilgan yilga aylandi. Tutqunlikdagi jami Meksika boʻrilari soni 380tani tashkil etgan.[6] Meksikada esa 45ga yaqin ushbu turdagi boʻrilar mavjud.[7]
Manbalar
tahrir- ↑ "Canis lupus baileyi". explorer.natureserve.org.
- ↑ Wozencraft, W. C. (2005) "Order Carnivora". In Wilson, D. E.; Reeder, D. M. Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference (3-nashr). Johns Hopkins University Press. 575–577 bet. ISBN978-0-8018-8221-0 url=https://books.google.com/books?id=JgAMbNSt8ikC&pg=PA576
- ↑ Mech, L. David. he Wolf: The Ecology and Behaviour of an Endangered Species. University of Minnesota Press, 1981 — p. 350-bet. ISBN 0-8166-1026-6.
- ↑ "Conserving the Mexican Wolf | U.S. Fish & Wildlife Service". FWS.gov. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
- ↑ "Apache-Sitgreaves National Forest - National Forest Foundation" www.nationalforests.org. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
- ↑ "Mexican Wolf Numbers Soar Past 200 | U.S. Fish & Wildlife Service". FWS.gov. 2023-yil 27-fevral. Qaraldi: 2023-yil 28-fevral
- ↑ "Mexico releases two pairs of endangered gray wolves - Albuquerque Journal". FWS.gov. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.