Meksikanlar (oʻzlarini - mexikano deb atashadi) — xalq, Meksikaning asosiy aholisi. Umumiy soni 91 mln. kishidan ortiq. Shundan 78 mln. kishi Meksikada yashaydi (1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, AQSH (13 mln. kishi)da, Kanada (30 ming kishi) va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlarida hamda Ispaniyada yashaydilar. Asosan, metislar. Ular ispan bosqinchilari (16-asr), kuchib kelgan ispanlar bilan tub joy indeys (atsteklar, mayya, otomi, mishteklar, sapoteklar) va qora tanli aholi bilan aralashib ketishidan tashkil topgan. 19-asrga kelib metislar Meksika millatining negizini tashkil qilgan. M. ispan tilida soʻzlashadi. Dindorlari — aksariyati, katoliklar, qolgani — asosan, protestantlar (baptistlar). M. dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi, koʻp qismi sanoatda band.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil