Melahat Gürsel
Melahat Gürsel | |
---|---|
Turkiyaning birinchi xonimi | |
Mansab davri 1960-yil 27-may – 1966-yil 28-mart | |
Prezident | Cemal Gürsel |
Oʻtmishdoshi | Reşide Bayar |
Vorisi | Atıfet Sunay |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1900-yil Usmonli imperiyasi |
Vafoti |
1975-yil 23-fevral Karşıyaka, Izmir, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Millati | Turk |
Turmush oʻrtogʻi | Cemal Gürsel |
Dafn etilgan joyi | Zincirlikuyu qabristoni, Istanbul |
Melahat Gursel (1900—1975-yil 23-fevral) turmush oʻrtogʻi Cemal Gursel prezidentligi davrida 1960-yil 27-maydan 1966-yil 28-martgacha Turkiyaning birinchi xonimi boʻlgan[1].
Melahat 1900-yilda Turkiyaning Izmir shahrida tavallud topgan[2]. Uning otasi Usmonli kreyseri Hamidiyeda bosh muhandis edi. 1927-yilda u armiya zobiti Cemal Beyga turmushga chiqdi. Turmush oʻrtogʻi bilan uni katta akasi tanishtirgan. Keyinchalik bu nikohdan Oʻzdemir oʻgʻil tugʻildi. Er-xotin Turkan ismli qiz farzand asrab olishdi.
1960-yil 27-mayda turk armiyasining oʻrta mansabdor zobitlari harbiy toʻntarish uyushtirdi va hukumatni agʻdardi. Oʻsha paytda Turk armiyasi qoʻmondoni boʻlgan toʻrt yulduzli general Jemal Gursel inqilobchilar tomonidan saylovlarsiz davlat rahbari etib tayinlangan edi. U 1966-yil 28-mart kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan kasallik tufayli prezidentlik vakolati tugatilgunga qadar oʻz lavozimida qoldi.
Gursel tejamkor va magʻrur ayol sifatida tanilgan. Shuningdek, Melahat Gursel birinchi xonim boʻlgan davrida ham kamtarona uy bekasi boʻlib qolgan[3], prezident saroyida ishlayotgan oshpazlarga qaramay oshxonada ovqat pishirgan va oʻzi uchun kundalik liboslarini tikkan. U davlatga pulni tejashga yordam berish uchun mamlakatda yoki xorijda rasmiy tashriflarda eriga hamrohlik qilmadi. Unga rasmiy ravishda berilgan sovgʻalarni davlatga topshirdi[4].
U 1975-yil 23-fevralda soat 11:30 da Izmirning Karşıyaka shahridagi Deniz Bostanli mahallasidagi uyida 75 yoshida vafot etdi. Ertasi kuni uning jasadi Istanbulga koʻchirildi va diniy dafn marosimidan soʻng Zincirlikuyu qabristoniga dafn qilindi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.hurriyet.com.tr/kelebek/cankaya-nin-first-lady-leri-6334049
- ↑ „arxiv nusxasi“. 15-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
- ↑ https://www.sabah.com.tr/galeri/aktuel/turkiyenin-first-ladyleri
- ↑ https://www.sabah.com.tr/galeri/aktuel/turkiyenin-first-ladyleri
- ↑ „arxiv nusxasi“. 15-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.