Melanoz (kasallik)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Melanoz — asalarilarda uchraydigan yuqumli kasallik. Kasallikni aerobazedium pullulans zamburugʻi qoʻzgʻatadi. Asalari iniga, ona asalari va ishchi asalarilar organizmiga asal orqali tushadi. M. bilan asosan, ona asalarilar hayotining ikkinchi yili va katta yoshdagilari kasallanadi. M.da tuxumdonlar, tuxum yoʻllari, urugʻdon, katta zaharli bez va ichakning orqa qismi zararlanadi. Zamburugʻlar zararlangan joylarda sariqmalladan qora tusgacha boʻlgan dogʻlar koʻrinib turadi. Ona asalari tuxum qoʻyishni toʻxtatadi. Kasallik belgilari, patologoanatomik oʻzgarishlar va mikologik tekshirishlarga asoslanib tashhis qoʻyiladi.
Oldini olish: ona asalarilarni har ikki yilda almashtirib turish; inlardan qoldiq asalni vaqtida chiqarib olish; ona asalarilarni sunʼiy urugʻlantirilganda veterinariyasanitariya qoidalariga rioya etish. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |