Melbourne Cricket Ground
Melbourne Cricket Ground (MCG), oddiygina The G nomi bilan ham tanilgan, Avstraliyaning Melburn Olimpiya Parkida joylashgan koʻp maqsadli stadion. Arena 100 024 tomoshabinga moʻljallangan. Bu sigʻimi boʻyicha dunyodagi eng katta kriket stadioni, Avstraliyaning eng katta stadioni va dunyodagi 10-chi yirik stadion (2017-yil aprel holatiga koʻra). 1956-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining asosiy sport arenasi edi.
MCG, The 'G | |
Fayl:Melbourne Cricket Ground logo.png | |
MCG panoramasi 2017-yilgi AFL Grand Final oldidan | |
Manzili |
120 Brunton Avenue Sharqiy Melburn, Victoria Australiya |
---|---|
Manzili | Yarra Park |
Koordinatalari | 37°49′12″S 144°59′0″E / 37.82000°S 144.98333°E |
Operator | Melbourne Cricket Club (MCC) |
Executive suites | 109 |
Sigʻimi | 100,024[1] (95 000 oʻrindiq + 5 000 oʻrindiq)[2] |
Rekord muxlislar tashrifi |
|
Maydon oʻlchami |
174 metres x 149 metres (umumiy)[4] 160 metres x 141 metres (AFL)[5][6] 172.9 metres x 147.8 metres (cricket)[7] |
Chim turi | Grass |
Konstruksiya | |
Ochilgan | 1853 |
Yangilangan |
1992 (Janubiy stendni qayta qurish) 2006 (Shimoliy stendni qayta qurish) 2032 (Taklif etilgan Sheyn Uorn stendini qayta qurish) |
Tarix
tahrir1853–1854-yillarda Melburn Kriket Klubi (MCC) bazasi sifatida qurilgan boʻlib, dastlab 6000 tomoshabinni sigʻdirgan. 1884-yilda arenada yongʻin chiqqan va natijada yogʻoch konstruktsiya qismi vayron boʻlgan. Arena qayta qurishda keyinchalik tosh va betondan foydalanilgan. 1897-yilga kelib stadion sigʻimi 9000 ga yetkazilgan va 1900-yilda Avstraliyada sunʼiy yoritish oʻrnatilgan birinchi stadion hisoblangan. 1904-yildan boshlab stadionga yana yogʻoch tribunalar qoʻshila boshlangan. 1937-yilgi rekonstruksiyadan soʻng arena 20 000 tomoshabinni sigʻdira olish imkoniyatiga ega boʻlgan. 1956-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlari, shuningdek, yengil atletika va qisman futbol boʻyicha Olimpiada musobaqalari ushbu stadionda boʻlib oʻtgan. Stadion musoboqa uchun maxsus qayta rekonstruksiya qilingan va sigʻimi 120 000 oʻringa yetkazilgan.
1967, 1985, 1992 va 2002–2005-yillarda sport maydonchasida kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. 2000-yilgi Sidneydagi Olimpiya oʻyinlari doirasida futbol turniri uchun arenalardan biri sifatida foydalanilgan. Stadionga tomoshabinlar tashrifi boʻyicha rekord 1970-yilda qayd etilgan boʻlib, oʻshanda Avstraliya futboli milliy chempionatining final oʻyini 121 696 tomoshabinni toʻplagan. Hozirda stadionda Avstraliya milliy kriket va futbol jamoalarining uy uchrashuvlari oʻtkaziladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Biggest Stadiums in The World By Capacity“ (2021-yil 6-fevral). 2018-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-iyun.
- ↑ „Ticket Information“. MCG. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
- ↑ „Ed Sheeran Breaks Multiple Australian Records with MCG Concerts“. Billboard.
- ↑ „Melbourne Cricket Ground“. Austadiums. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
- ↑ Atkinson, Cody; Lawson, Sean. „From the SCG to Kardinia Park — do ground sizes contribute to the end result in AFL games?“. ABC News. Australian Broadcasting Corporation (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
- ↑ „MCG“. Australian Football League. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
- ↑ „Melbourne Cricket Ground“. ESPN Cricinfo. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Melbourne Cricket Ground mavzusiga oid fayllar bor. |