Melilit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Melilit (yun. meli — asal va lithos — tosh) — silikatlar sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral; okermanit-gelenit izomorf qatorining aʼzolaridan biri. Kimyoviy tarkibi: (Sa, Na)2 (Mg, Al) [(Si, Al)2 O7]. Qoʻshimchalari Mn2+, Fe2+. Taxtachasimon va qisqa ustunsimon. Tetragonal sistemada kristallanadi. Rangi och sariq, rangsiz. Asosan, donador agregat holida uchraydi. Qattikligi 5—6; zichligi 3,0— 3,3g/sm3. Bazalt, olivinitlarda, gab-broning ohaktosh va ishqorli jinslar bilan kontaklarida hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida (Gʻovasoyda) skarnmagnetit jinslar va rudalarda topilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |