Melissa Tkautz
Melissa Natali Tkautz (1974-yil 24-yanvar) – avstraliyalik aktrisa, qoʻshiqchi, model va boshlovchi. Melissa, 1990-yil sentabrdan 1993-yil maygacha Avstraliyaning mashhur „E Street“ teleserialida Nikki Spenser rolini oʻynagan. Melissaning birinchi albomi „Swift and Shift Couriers“ 1992-yil chiqarilgan, Shvetsariyada birinchi raqamli hitga aylangan. Shuningdek, ARIA Albomlar jadvalida 15-oʻrinni egallagan.
Hayoti
tahrirMelissa, 1974-yilda Sidneyda tugʻilgan[1][2]. Uning otasi Stefan Tkautz Avstraliyalik, onasi haqida maʼlumotlar yoʻq[3][4]. Yoshligidan drama, raqs va qoʻshiqchilikni oʻrgangan, shuningdek Melissa, modellashtirish va reklama roliklarida ishtirok etgan[5]. 17 yoshida, 160 dan ortiq reklama roliklarida suratga tushgan. 1980-yilda, modellashtirishni boshlagan, shuningdek yil oxirida Richmond Hill serialida rol oʻynagan[1][5]. 1989-yilda, „Miss Teen Australia“ tanlovida ishtirok etgan. 1990-yil sentyabr oyida, E Street serialida, Nikki Spenser rolini oʻynagan[6]. Melissa 1991-yilda, Sidneydagi Avstraliya Dramatik Sanʼat Akademiyasiga oʻqishga kirgan[1][3]. Melissa, 1991-yil sentyabr oyida, Is the Word festivalida, qatnashgan va 3-oʻrinni egallagan[7]. 2005-yil sentyabr oyida Melissa Prince tomonidan yozilgan "The Glamorous Life qoʻshigʻining cover versiyasini ijro etgan[8][9]. Shuningdek, ARIA Singles Chart festivalida 31-oʻrinni egallagan[10]. 2008-yil oxirida Tkautz SBS ONE telekanalida efirga uzatilgan Swift and Shift Couriers filmida rol oʻynagan. Uning ikkinchi albomi Lost & Found 1991-yil, 4-dekabrda chiqarilgan. Melissa Tkautz 2N bilan hamkorlikda ishlash uchun 2006-yilning boshida Shvetsiyaga borgan va u yerda oʻzining navbatdagi Easily Affected va Not Enough albomlarini yozgan. Melissaning „Glamorous Life“ albomi xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozongan. Melissa Germaniya, Avstraliya, Shveysariya, Polsha, Janubiy Afrika, Rossiya, Dubay va Kanadada konsert qoʻygan. 1999-yilda uning otasi Stefan saraton kasalligidan vafot etgan[11], otasining ulimidan soʻng Goodbye Daddy albomini otasining xotasi uchun chiqargan[12]. 2006-yil dekabr oyida Melissa oʻzining konsertida, „E Street“ filmidagi hamkasbi Simon Beykerni sevib qolganini aytgan[13]. 2009-yil fevral oyida Melissa besh yillik sherigi Kvesi Nikolay ismli moliyachi, tadbirkor, bilan turmush qurgan[2][14]. 1996-yilning boshida Tkautz, Black+White, Australian Playboy, Ralph jurnallari uchun modellik qilgan. 2012-yil may oyida Melissa Tkautz Mornings koʻrsatuvida, oʻzining karyerasi haqida intervyu bergan. 2008-yilning boshida, Swift and Shift Couriers filimining suratga olish ishlari Shvetsariyada boshlangan, baʼzi epizodlar Tailand va Misrda suratga olingan. Birinchi mavsum 2008-yil oktyabr-noyabr oylarida televizorda namoyish etilgan, sakkizta epizoddan iborat boʻlgan. Melissa 2011-yilda ikkinchi mavsumga qaytgan. 2016-yil 22-iyulda Tkautz Swift and Shift Couriers serialning uchinchi mavsumi suratga olish ishlari boshlangan. Tkautz E Streetdagi faoliyatidan soʻng, Paradise Beach (1993–94), Pacific Drive (1996), All Saints (2001–02, 2004), Swift and Shift Couriers (2008, 2011) va [ [Housos]] (2011) filmlarida rollar ijro etgan. 2005-yil 4-dekabrda u oʻzining The Glamorous Life ikkinchi yakkaxon albomini chiqargan. 2011-yil avgust oyida Melissa The Hits & More kompilyatsiya bilan xamkorlikda albomini chiqargan. Melissa Tkautz, 2017-yil 26-mayda „The Key“ qoʻshigʻini chiqargan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Melissa Tkautz Biography“. CelebritiesTime.com (2005). 2009-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 Moran, Jonathon. „There's Something About Melissa Tkautz“. The Sunday Telegraph. News Limited (News Corporation) (2011-yil 28-avgust). Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „Melissa Tkautz Interview“. Access All Areas (AAA Entertainment Pty Ltd) (2006). 2006-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ Portelli, Ramona „Interview with Melissa Tkautz“. okmalta.com (Ramona Portelli, Mark Bugeja) (2011-yil 5-sentyabr). 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 „Interview: Melissa Tkautz“. auspOp (2012-yil 25-sentyabr). 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ „Briefly...“. TV Week. Televisionau.com (22–28 september 1990). Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ Hung, Steffen „Melissa [AU] – 'Sexy (Is the Word)'“. Australian Charts Portal. Hung Medien. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ „APRA qidiruv tizimidagi 'Glamorous Life'“. Qaraldi: 8-iyun, 2013-yil.
- ↑ Andoza:Internetdan havola
- ↑ „Melissa Tkautz - "Bu ...mi?"“. Qaraldi: 2013 yil 8 iyun.
- ↑ „Read Her Lips ... Again“. The Sydney Morning Herald. Fairfax Media. Australian Associated Press (AAP) (2005-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ „'Goodbye Daddy' at APRA search engine“. Australasian Performing Right Association (APRA). Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ Agostino, Josephine. „Melissa's Pain: My Hunky Co-Stars Broke My Heart“. Woman's Day. Australian Consolidated Press. EBSCO Publishing (2006-yil 4-dekabr), s. 33. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ „Melissa Tkautz Ties the Knot“. Woman's Day. ninemsn Pty Ltd (2009-yil 13-fevral). 2012-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.