Men oroli funti (Men tilida Punt Manninagh ,inglizcha: Manx pound) — Men orolining pul birligi. Men oroli hukumati tomonidan chiqarilgan. 1 Men funti = 100 pensga teng. Belgisi: £ — (lotincha: Libra — funt) dan, bank kodi: IMP (Isle of Man Funt). Muomalada 1, 5, 10, 20, 50 funtlik banknotalar; 1, 2, 5, 10, 20, 50 pens, 1, 2, 5[1] funtlik tangalar mavjud. Men oroli hukumatining banknotalari, iltimosiga ko'ra, Men oroli bankining istalgan filialida teng qiymatdagi Angliya banki banknotlariga nominal qiymatida almashtirilishi mumkin[2]. Birlashgan Qirollikning istalgan joyidagi barcha banknotlar va tangalar (masalan, Angliya banknotalari) Men orolida qonuniy to'lov vositasidir[2].

Tarixi

tahrir

Men orolining birinchi tangalari 1668-yilda Douglas savdogar Jonh Murray tomonidan chiqarilgan, ular ingliz analoglariga teng edi[3]. Murray penslari 1679-yilda Tynwaldning qarori bilan Britaniya tangalari bilan birga qonuniy toʻlov vositasiga aylandi. Triskelion va milliy shior birinchi marta Murrayning pullarida paydo boʻldi: Quocunque Gesseris Stabit, 18-asrning boshlarida shior Quocunque Jeceris Stabit ga oʻzgartirildi (tarjimasi:qanday qilib tashlasang ham, u turadi).

Tangalar

tahrir

1 penni
2 pens
5 pens
10 pens
20 pens
50 pens
1 funt
2 funt
5 funt

Banknotalar

tahrir

1 funt
5 funt
10 funt
20 funt
50 funt

Valyuta kursi rejimi

tahrir

Men funti 1:1 nisbatda funt sterlingga bogʻlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „2009 год - Монеты острова Мэн“ (en). 2011-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Currency Act 1992 (an Act of Tynwald)“. 2013-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
  3. Moore, A. W. „Social and Economic History (1660—1765)“, . A History of Isle of Man, 1900. London: T. Fisher Unwin — 413–428-bet.