Mencha Karnicheva
Melpomena Dimitrova Karnicheva yoki Krničeva (bolgarcha: Мелпомена Димитрова Кърничева; maked.: Мелпомена Димитрова Крничева 16-mart 1900-yil – 1964-yil)[1], xalq orasida Mencha (Mencha) nomi bilan tanilgan, bolgarofil aroman inqilobchi va Ichki Makedoniya Inqilobiy Tashkilotining (IMRO) terrorchisi[2][3]. IMRO rahbari Ivan Mixaylovning rafiqasi, IMRO chap qanot faoli Todor Panitsaga suiqasd uyushtirgani bilan tanilgan.
Mencha Karnicheva | |
---|---|
Tavalludi |
16-mart 1900-yil Krushevo, Makedoniya |
Vafoti |
10-dekabr 1964-yil Rim. Italiya |
Fuqaroligi | Bolgariya |
Turmush oʻrtogʻi | Ivan (Vanche) Mixaylov |
Karnicheva Usmonlilar hukmronligi ostidagi Makedoniyaning (bugungi kunda Shimoliy Makedoniya) Krushevo shahrida[4] bulgarofil aroman oilasida tugʻilgan, bobosi bolgar ruhoniysi boʻlgan[5]. Otasi Sofiya va Tsaribrodda ishlagan. 1903-yilgi Ilinden-Preobrajeniya qo'zg'oloni bostirilgandan soʻng, Mencha va onasi Bolgariyaga koʻchib oʻtganlar. 1918-yil sentyabr oyida Myunxenga oʻqishga ketgan, lekin Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Bolgariyaga qaytib kelgan.
Karnicheva Bolgariyadagi makedoniyalik ayollar harakatiga qoʻshilgan. Komintern aloqalarini va serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi bilan hamkorlik qilishni targʻib qilgan soʻl qarashlaridan asta-sekin hafsalasi pir boʻlgan, uning fikricha, bu qarashlar Makedoniyaning bolgar aholisi uchun halokatli boʻladi. Karnicheva IMROning oʻng qanotiga yoʻnaltirilgan; 1924-yil 15-martda tashkilotga qoʻshildi va IMRO tomonidan Boris Sarafov va Ivan Garvanovlarning oʻldirilishiga buyruq bergan va chet el manfaatlariga xizmat qilgan deb daʼvo qilingan Panitsaga suiqasd uyushtirish toʻgʻrisida mustaqil qaror qabul qilgan.
1925-yil 8-mayda Karnicheva Venadagi Burgteatrda Panitsaga suiqasd uyushtirgan[6]. Qotillik butun Yevropa boʻylab keng eʼlon qilingan. Mencha hibsga olingan. Suddan soʻng, Mencha sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Avstriya qonunchiligiga koʻra, sogʻligʻining yomonlashishini hisobga olgan holda eng yengil jazo tayinlangan. Avstriya Oliy sudi bolaligidan azob chekayotgan sil, buyrak va revmatizm tufayli ushbu jazoni oʻtashga layoqatsiz deb topgan; 1925-yil oxirida ozod qilinib, Avstriyadan chiqarib yuborilgan.
1926-yil 25-dekabrda Karnicheva IMROdagi harakatlari tufayli Yugoslaviya sudida oqlanganidan keyin Bolgariyaga qaytib kegan va IMRO rahbari Ivan (Vanche) Mixaylovga turmushga chiqqan[7], u bilan 1934-yildan keyin Turkiya, Polsha va Vengriyada surgunda yashagan. 1941-yil may oyida ular fashistlar Germaniyasi qoʻgʻirchogʻi Xorvatiya mustaqil davlatining poytaxti Zagrebga joylashganlar; 1944-yilda[8] ular qisqa muddat nemislar tomonidan bosib olingan Skopyeda yashaganlar. 1945-yildan 1964-yilgacha vafotigacha Mixaylov bilan Rimda (Italiya) yashagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „МАКЕДОНИЯ: ИСТОРИЯ И НОВИНИ ОТ МНИ / MACEDONIA: HISTORY AND NEWS FROM MSI: MEHЧA KЪPHИЧEBA - "ЗАЩО УБИХ ТОДОР ПАНИЦА ?“ (2009-yil 1-yanvar). 2009-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-oktyabr.
- ↑ Palairet, Michael. Macedonia: A Voyage through History (Vol. 2, From the Fifteenth to the Present). Cambridge Scholars Publishing, 2015 — 190, 350-bet. ISBN 978-1443878456.
- ↑ Markov, Georgi. Assassinations, violence and politics in Bulgaria 1878-1947. Sofia: Military Publishing House, 2003 — 207–211-bet. ISBN 954-509-239-4.
- ↑ Pohanka, Reinhard. Attentate in Österreich, 2001 — 121-bet.
- ↑ Mikhailov, Ivan. Memories III. Liberation Struggle 1924 - 1934. Leuven: Leuven, 1967 — 175-bet.
- ↑ Livanios, Dimitris. The Macedonian Question: Britain and the Southern Balkans 1939-1949. Great Britain: Oxford University Press, 2008 — 28-bet. ISBN 9780199237685.
- ↑ Tasic, Dimitar. Paramilitarism in the Balkans: Yugoslavia, Bulgaria, and Albania, 1917-1924. Croydon: Oxford University Press, 2020 — 170-bet. ISBN 9780198858324.
- ↑ Radoev Croatian Archbishop, Ivanov Alexander. THE CROATIAN ORTHODOX CHURCH Was, Is, And Shall Be. Zagreb: Mr Marcko Franovic, 2019 — 84-bet. ISBN 9780359995455.
Havolalar
tahrir- „Mencha Karnicheva — Why did I kill Todor Panitsa?“ (bg). Macedonia Science (2007-yil 3-may). 2009-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-yanvar.