Mening dadam enaga (inglizcha: „Daddy day care“) — 2003-yilda rejissyor Steve Carr tomonidan suratga olingan oilaviy komediya janridagi film[1].

Mening dadam enaga
Fayl:Дежурный папа.jpg
Rejissyor(lar) Steve Carr
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Geoff Rodkey
Rollarda
Bastakor(lar) David Newman
Kinematografiya Steven Poster
Muharrir(lar) Christopher Greenbury
Studiya(lar)
Distribyutor Sony Pictures Releasing
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 92 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti 60$ million
Daromadi 164.4$ million

Syujeti

tahrir

Filmda Charlie Hinton (Eddie Murphy) va Phil Ryerson (Jeff Garlin) ikki ota ishlarini yoʻqotganlaridan soʻng xususiy bolalar bogʻchasi ochishadi. Ularga unchalik tajribasi yoʻq boʻlsa-da, ota-onalar oʻz farzandlarini ishonib topshirishadi. Bogʻcha tez fursatlarda rivojlanadi. Maʼlum vaqtdan keyin ularga avvalgi ish joyidan yangi ish taklif qilishadi. Ular taklifni qabul qilishadi, lekin oʻzlarini baxtsiz his qilib yana oʻz bogʻchalariga qaytishadi. Filmda kichik shakllarida qiziqarli voqealar sodir boʻladi, shuningdek, ota-onalar va bola oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishini kuzatish mumkin.

Rollarda

tahrir
  • Eddie Murphy — Charli Xinton rolida, sobiq marketing direktori, “Daddy Day Care” asoschisiga aylanadi;
  • Jeff Garlin — Fil Rayerson, Charlining eng yaxshi do'sti va “Daddy Day Care” asoschisi;
  • Steve Zahn — Marvin, Charli va Filning sobiq hamkasbi;
  • Regina King — Kim Xinton, Charlining rafiqasi va Benning onasi;
  • Anjelica Huston — Miss Gvinet Xarridan rolida, Chapman Akademiyasi direktori.

Manbalar

tahrir
  1. „Daddy Day Care“ (Ingliz). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.

Havolalar

tahrir