Mening qizim (inglizcha: My Girl) – 1991-yilda rejissyor Howard Zieff tomonidan suratga olingan AQSh romantik komediya-drama filmi. Uning ssenariysi Laurice Elehwany tomonidan yozilgan, filmda bosh rollarni Den Aykroyd, Jamie Lee Curtis, Macaulay Culkin va Anna Chlumskiy ijro etgan. Film 1972-yilning yozida Pensilvaniya shtati Madison shahrida yashovchi 11 yoshli qiz haqida hikoya qiladi. Film 1964-yilda The Temptationsning xuddi shu nomdagi klassik qoʻshigʻidan ilhomlanib nomlangan, ushbu musiqa filmning yakunida ham aks ettirilgan. Filmga asoslangan kitob Patrisiya Germes tomonidan yozilgan[2]. Film byudjeti 17 million dollarni tashkil qilgan va dunyo bo'ylab 121 million dollar daromad koʻrgan. Mening qizim 2 filmi esa 1994-yilda namoyish etilgan.

Mening qizim

Teatr nashri uchun poster
Rejissyor(lar) Howard Zieff
Prodyuser(lar) Brian Grazer
Ssenariynavis(lar) Laurice Elehwany
Rollarda
Bastakor(lar) James Newton Howard
Kinematografiya Paul Elliott
Muharrir(lar) Wendy Greene Bricmont
Studiya(lar) Imagine Entertainment
Distribyutor Columbia Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 102 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $17 million[1]
Daromadi $121.5 million

Syujeti

tahrir

Vada Sultenfuss – 1972-yil Pensilvaniya shtatining Madison shahrida yashovchi 11 yoshli qiz. Uning otasi Garri Sultenfuss shaharda dafn marosimlarni boshqarardi. Qizchaning tarbiyasi uni gipoxondriyadan aziyat chekishiga va oʻlimga boʻlgan obsessiyasini rivojlanishiga olib kelgan, otasi bu holatni tushunolmaydi.

Vada oʻzining yoshidagi „hammaga“ allergiyasi bor, ammo oʻziga xos boʻlgan bola Thomas J. Senett bilan yaqin doʻst edi. Boshqa qizlar ularni shunchaki doʻstligiga ishonishmasdi. Vada doktorga tashrif buyurganida, Thomas J. Vadaning yonida boʻlib, u kasal emasligini aytib, yupatardi. Thomas J. unga juda mehribon edi, ammo Vada bunga javoban unga qoʻpol muomalada boʻlardi.

Rollarda

tahrir
  • Dan Aykroyd Harri Sultenfuss rolida
  • Jamie Lee Curtis Shelly DeVoto rolida
  • Thomas J. Sennett rolida Macaulay Culkin
  • Anna Chlumsky Vada Margaret Sultenfuss rolida
  • Richard Masur Phil Sultenfuss rolida
  • Griffin Dunne janob Jake Bixler rolida
  • Ann Nelson Gramoo Sultenfuss rolida
  • Anthony R. Jones Arthur rolida

Suratga olish jarayonlari

tahrir

Laurice Elehwany tomonidan yozilgan ssenariy dastlab Born Jaundiced deb nomlangan va 1990-yil iyul oyida Imagine Entertainment tomonidan sotib olingan[3]. 1990-yil 24-avgustda Daily Variety jurnalida ushbu ssenariy I Am Woman deb qayta nomlangan, biroq keyinchalik 1991-yilning bahorida Mening qizim yakuniy nomiga oʻzgartirilgan[3]. Filmning asosiy qismi Pensilvaniya janubi-gʻarbiy qismidagi kichik shaharlarda suratga olingan[3].

Mening qizim filmi 1991-yil sentyabr oyida Amerika Kinofilmlar Assotsiatsiyasiga (MPAA) taqdim etilganida, PG-13 deb baholandi[3]. Oʻsha oyning oxirida film prodyuserlari filmni PG reytingiga qayta tasniflash uchun apellyatsiya bergan[3].

Namoyish etilishi

tahrir

Mening qizim filmi ilk bor 1991-yil 27-noyabrda ommaga taqdim qilingan[3].

Tanqidiy javob

tahrir

Film oʻn oltita sharhga koʻra Rotten Tomatoes saytida 52% ijobiy baholangan. Saytning konsensusida shunday deyilgan: „Mening qizim filmining hikoyasi juda yoqimli va bir nechta ajoyib yosh qahramonlarga ega, ammo uning tajovuzkorona tugashi asosan salbiy tanqidlarga sabab boʻlgan“[4]. Roger Ebert filmga 4 yulduzdan 3,5 yulduz qoʻyib, shunday deb yozgan edi: Bu filmning goʻzalligi uning toʻgʻriligida. Baʼzi zerikarli sahnalar bor, lekin oʻziga xos va taʼsirli sahnalar ham mavjud[5]. Entertainment Weekly xodimi Owen Gleiberman Chlumskiyning filmdagi ijrosini yuqori baholadi, biroq „filmda jasur, ziddiyatli bolaning hayotida oʻzining yoshiga nisbatan koʻp narsani zimmasiga oladigan bir ogʻirlik bor: U oʻz his-tuygʻulariga qarshi turishi kerak. Mening qizimda baʼzi yoqimli, kulgili lahzalar bor, ammo u chigal, tushunarsiz manzarada namoyon boʻlgan“ deya fikr bildirgan[6].

Teatr kassalarida

tahrir

Mening Qizim filmi mahalliy kassada 59 489 799 dollar, xalqaro miqyosda esa 62 million dollar[7], butun dunyo boʻylab 121 489 7 99 dollar daromad koʻrgan.

Musiqasi

tahrir

Filmning soundtrekida „Wedding Bell Blues“ (The 5th Dimension), „If You Donʼt Know Me By Now“ (Harold Melvin & the Blue Notes), „Bad Moon Rising“ (Creedence Clearwater Revival), „Good Lovingʼ“ (The Rascals) va „Saturday in the Park“ (Chikago) nomli qoʻshiqlar mavjud. Vada xafa boʻlgan vaqtda, quloqlarini toʻsib, „Do Wah Diddy Diddy“ qoʻshigʻini kuylardi. Qoʻshiqning Manfred Mann ijro etgan versiyasi ham soundtrek albomiga kiritilgan. Bundan tashqari, Vada va Thomas J. „The Name Game“ oʻynashardi va birga „Witch Doctor“ qo'shig'ini kuylashgan, Vadaning yotoqxonasidagi devorida Broadway musiqasining „Hair“, „Karpenters“ va „Donny Osmond“ posterlari yopishtirilgan.

Sertifikatlari

tahrir
Hudud Sertifikatlash Sertifikatlangan birliklar/savdo
Avstraliya[8] Platinum 0 

^ Koʻrsatgichlar faqatgina sertifikatning oʻziga suyanadi.

Manbalar

tahrir
  1. „My Girl“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  2. Hermes, Patricia. My Girl, FIRST EDITION 4th Printing (en), New York: Pocket Books, 1991. ISBN 978-0-671-75929-2. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „My Girl“. AFI Catalog of Feature Films. Qaraldi: 2018-yil 7-sentyabr.
  4. „My Girl“. Rotten Tomatoes.
  5. Ebert. „My Girl“. Chicago Sun-Times (1991-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  6. Gleiberman, Owen (December 6, 1991). „My Girl“. Entertainment Weekly. Qaraldi: August 29, 2018.
  7. Groves, Don (February 22, 1993). „Hollywood Wows World Wickets“. Variety. 85-bet.
  8. QOʻLLAB-QUVVATLANMAYDIGAN YOKI BOʻSH HUDUD: Avstraliya.

Havolalar

tahrir