Myey, Mergui — Andaman dengizidagi orollar guruhi, Myanma qirgʻoqlari yaqinida. Hindixitoy yarim orol markaziy qismidagi togʻ tizmalarining suv ostidagi davomi. Jami 800 dan ortiq orol va granit qoyalardan iborat boʻlib, maydoni 3,5 ming km² chamasida. Yer yuzasi tepalik va past togʻlardan iborat, eng baland joyi 767 m. Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, sohil qismida mangra oʻrmonlari uchraydi. Baliq ovlanadi, marvarid yigʻiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil