MerkuriyAQSHning Yerga yaqin orbita boʻylab uchish uchun moʻljallangan bir oʻrinli kosmik kemalari nomi va ularni ishlab chiqish hamda uchirish dasturi. „Merkuriy“ning asosiy vazifasi: kosmonavt boshqaradigan sunʼiy yoʻldoshni geotsentrik orbitaga chiqarish va uning Yerga muvaffaqiyatli qaytishini taʼminlash, shuningdek, insonning kosmik fazoda ishlash imkonini tekshirish. Uchishdagi maksimal massasi 1,36 tonna; kabinasining hajmi 1,5 m³. Bortida kosmonavt boʻlgan birinchi „Merkuriy“ kema yoʻldosh orbitaga chiqarilgunga qadar eksperimental namunalari uchirilgan. 1962—1963–yillarda bortida kosmonavtlari boʻlgan 4 ta „Merkuriy“ „Frendship—7“ (J. Glenn), „Avrora“ (S. Karpenter), „Sigma-7“ (U. Shirra), „Feyt-7“ (G. Kuper) uchgan. 1963-yildan keyin „Merkuriy“ uchirish toʻxtatilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil