Mesh
(Meshkdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mesh, meshk — oshlangan teridan tikilgan ogʻzi tor qop, sanoch. Mesh qadimdan maʼlum, asosan, suyuq narsalar (suv, sut, shinni, qimiz va boshqalar)ni gashish va saqlash, chalop tayyorlash va boshqa maqsadlarda ishlatilgan. Sharq mamlakatlari, Oʻrta Osiyo va Sibir xalqlari oʻrtasida keng tarqalgan. Qadimdan Sharq, xususan, turk-moʻgʻul xalqlari qoʻshinida harbiy harakatlar chogʻida, chunonchi, teran daryolardan kechib oʻtishda, sol yasashda unumli foydalanilgan. Oʻtmishda meshda suv manbalari (hovuz, ariq, quduq va boshqalar)dan xonadonlarga, guzarlarga, choyxona, karvonsaroylarga suv tashib berib tirikchilik qiladigan kishi meshkob yoki meshkobchi deb atalgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |