Messa (frans. messa, mitto— yuboryapman) —1) katolik xristianlarda asosiy ibodatlardan biri (liturgiya)ning nomi. Xristianlarning eʼtikrdiga koʻra, M. jarayonida ibodat qiluvchilar Iso Masihga qoʻshilish orqali oʻz gunoxlaridan xalos boʻladilar. Injil parchalarini oʻqish, diniy aytimlarni kuylash hamda Iso Masihni hayoti va oʻlimini ifodalovchi maxsus harakatlardan iborat. M.ni oʻtkazish tartibi va tarkibi koʻp asrlar davomida shakllanib, 16-asrda hozirgi koʻrinishga ega boʻldi; 2) Uygʻonish davridan boshlab Yevropa madaniyatida eng yirik diniy mussha janri, lotin matnlariga aytiladigan vokal yoki vokal-cholgʻu turkumi. "Oddiy" (missa ordi-narium), "tantanavor" (missa solemnis) hamda "qisqa" (missa brevis) turlari mavjud. "Oddiy" M.da asosiy qismlarning nomlari — "Kyrie eleison" ("Xudo oʻzing kechirgin"), "Gloria" ("Shon-sharaflar boʻlsin"), "Gredo" ("Ishonaman"), "Sanktus" ("Muqaddas") va "Benedictus" ("Marhamatli"), "Agnus Dei" ("Xudo arzandasi") — matnning boshlangʻich soʻzlaridan olingan. Dastlab bir ovozli, grigorian xoraln asosidagi aytimlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik, kompozitorlar yaratgan koʻp ovozli M.lar rivoj topgan (ilk namunalaridan biri — G. de Mashoning toʻrt ovozli M.si, 1364). O. Lasso, Palestrina, keyingi davrda I.S. Bax, V. Motsart, L. Betxoven, F. Shubert, A. Brukner, 20-asrda I. Stravinskiy, B. Britten, B. Martinu, F. Pulenk, K. Penderetskiylar va boshqalarning M. lari mashhur. Motam M.si — rekviyemdir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil