Meta-, ORTO-, PARA- (qisqartmada m-, o-, n-) — ikki oʻrinbosarlarning, asosan, benzol yadrosida joylashgan holatini (1, 2-orto, 1,3-meta, 1,4-para) belgilash. Metan qatori birikmalarning nomlanishida ham shahrik. belgilashlar qabul qilingan. "Orto" va "meta" prefikslari kislotalar va ularning turli darajada gidratlangan hosilalarining trivial nomlanishida qoʻllanadi. Kislotalarning orto-shakllarida markaziy atomdagi ON guruhlarining soni eng koʻp boʻladi. Masalan, H4SiO4[Si(OH)4] — ortosilikat kislota yoki baʼzi organik kislotalarning gidratlangan shakllari, mas, NS(ON)3— ortochumoli kislota, S(ON)4—ortokarbonat kislota (koʻrsatilgan kislotalar efirlar koʻrinishidagina barqaror). Kislotalarning metashakllari — ortokislotalarning degidratlangan shakllaridir, mas, H2SiO3 — metasilikat kislota. "Para" prefiksi polimerizatsiya mahsulotlarini nomlashda qoʻllanadi, mas, (CN)n — paratsian, (SN3SNO)p — paraaldegid.

"Orto" va "para" prefikslari vodorodning ikki holatini belgilashda ham qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil