MetaMask
MetaMask – Ethereum kriptovalyutasi bilan oʻzaro ishlash uchun yaratilgan hamyon dasturi. Ushbu dastur foydalanuvchilarga brauzer extensioni yoki mobil ilova orqali Ethereum hamyonini ishlatish imkonini beradi[1][2]. MetaMask ilovasi asosan Etheruemga asoslangan dasturlar ishlab chiqaruvchi ConsenSys kompaniyasi tomonidan rivojlantirib borilgan[3][4].
Yaratgan dasturchisi (firmasi) | ConsenSys |
---|---|
Dastlabki foydalanishga chiqarilishi |
2016 |
Repozitoriy | https://github.com/MetaMask/metamask-extension |
Operatsion sistema |
iOS Android |
Platforma |
Brauzer extension Mobil ilova |
Turi | Kriptovalyuta uchun hamyon |
Veb sayt | metamask.io |
Dastur xususiyatlari
tahrirUshbu ilova orqali foydalanuvchilar oʻz hisoblarining kalitlarini saqlashi va boshqarishi, tranzaksiyalarni koʻrishi, Ethereumga oid kriptovalyuta hamda tokenlarni yuborishi va qabul qilib olishi mumkin. Bundan tashqari, u hisoblarni markazlashmagan ilovalarga veb brauzer yoki mobil ilova orqali xavfsiz bogʻlay oladi[5][6].
Veb saytlar yoki markazlashmagan dasturlar veb saytlarga soʻrovlar yuboruvchi JavaScript kodi orqali foydalanuvchi hamyoniga bogʻlanishi mumkin [7].
Dastur eng yaxshi valyuta kursini topish uchun Ethereum tokenlarini almashinish xizmatini ham oʻz ichiga oladi. Bu xizmat MetaMask Swaps deb ataladi. Ushbu xizmatdan foydalinish orqali dastur xizmat haqqi sifatida tranzaksiyaning 0.875%ni oladi[8].
Bloombergning xabar berishicha, 2021-yilning Noyabr holatiga koʻra, MetaMask brauzer extensioni oylik qariyb 21 million faol foydalanuvchilarga ega boʻlgan[9].
Tarixi
tahrirMetaMask 2016-yilda ConsenSys tomonidan yaratilgan[3]. 2019-yilgacha MetaMask faqatgina Google Chrome va Firefox veb brauzerlari uchungina extension sifatida mavjud boʻlgan. Ilovaning kriptovalyuta foydalanuchilari orasida mashhur boʻlganiga qaramasdan, bir necha yil davomida rasmiy mobil ilovasi mavjud boʻlmagan. MetaMask nomi orqali yaratilgan zararli ilovalar koʻp yillar davomida Google kompaniyasining Chrome Web Store va Google Play platformalarini boshqarishda anchagina muammolarga sababchi boʻladi[10][11][12]. 2020-yilda Google Play baʼzi bir sabablarga koʻra MetaMaskning rasmiy test rejimidagi ilovasini oʻchirib yuboradi[13]. 2019-yilning boshida, MetaMask oʻzining mobil ilovasini yopiq test rejimi uchun yaratishni boshlaydi. Keyinchalik, 2020-yilda iOS va Android platformalari uchun yaratilgan ilovalar ommaga taqdim etiladi[2][5]. 2020-yilning oktabr oyida, MetaMask Swaps xizmati brauzer extensionlariga qo'shiladi. 2021-yilning mart oyida esa ushbu xizmat mobil ilovalarda ham mavjud bo'ladi[8].
Tanqid
tahrirTanqidchilar MetaMaskning brauzer extensioni foydalanuvchilarning tranzaksiyalari manzillarini saqlashini asosiy kamchilik sifatida aytishgan[3][14].
MetaMask ayrim davlatlarda mavjud boʻlmagan blokcheyn node infrastruktura xizmatidan foydalanadi. Ushbu davlatlarda yashovchi foydalanuvchilar hamyonlariga kirish imkoni yoʻq ekanligini taʼkidlashgan. Bu esa MetaMask haqida salbiy fikrlar vujudga kelishiga olib keladi[15][16].
Manbalar
tahrir- ↑ Johnson, Steven. „Beyond the Bitcoin Bubble (Published 2018)“ (en-US). The New York Times (2018-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Schroeder, Stan „Crypto wallet MetaMask finally launches on iOS and Android, and it supports Apple Pay“ (en). Mashable (2020-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 EST, Adam Piore On 11/19/18 at 5:09 PM „How blockchain technology could help us take back our data from Facebook, Google and Amazon“ (en). Newsweek (2018-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ Popper, Nathaniel. „Ethereum, a Virtual Currency, Enables Transactions That Rival Bitcoin's (Published 2016)“ (en-US). The New York Times (2016-yil 28-mart). 2016-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
- ↑ 5,0 5,1 Leising, Matthew. „MetaMask's Blockchain Mobile App Opens Doors For Next-Level Web“. Bloomberg News (2020-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
- ↑ Jaffe, Justin. „How to keep your cryptocurrency safe“ (en). CNET (2018-yil 29-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ „User Guide: Dapps“.
- ↑ 8,0 8,1 Schroeder, Stan „Crypto wallet MetaMask now lets you swap tokens on your phone“ (en). Mashable (2021-yil 17-mart). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
- ↑ „Third Point, Marshall Wace Back Crypto Firm ConsenSys“ (2021-yil 17-noyabr).
- ↑ Goodin, Dan „Google Play caught hosting an app that steals users' cryptocurrency“ (en-us). Ars Technica (2019-yil 9-fevral). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ Cimpanu, Catalin „Exclusive: Google removes 49 Chrome extensions caught stealing crypto-wallet keys“ (en). ZDNet. Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ Varshney, Neer „Google should learn from Apple's cryptocurrency guidelines“ (en-us). Hard Fork | The Next Web (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ Beedham, Matthew „Google lifts ban on Ethereum wallet app it thought was mining cryptocurrency“ (en-us). Hard Fork | The Next Web (2020-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ Canellis, David „PSA: MetaMask reveals your Ethereum address to sites you visit, here's how to hide it“ (en-us). Hard Fork | The Next Web (2019-yil 22-mart). Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
- ↑ Dale, Brady „What To Do If MetaMask Has Stopped Working In Your Country“. Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
- ↑ „Web3 Problems: Centralized Technology Servers Are Running Rampant“. Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.