Meta Platforms
Meta Platforms, Inc. (Meta sifatida biznes yurituvchi va ilgari Facebook, Inc. nomi bilan tanilgan[3]) — Kaliforniya shtati, Menlo Parkda joylashgan Amerika multinatsional texnologiya konglomerati. Kompaniya boshqa shoʻba korxonalar qatorida Facebook, Instagram va WhatsAppning bosh tashkiloti hisoblanadi.[4] Meta dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biri hisoblanadi. U Google ( Alphabet Inc. ), Amazon, Apple va Microsoftlar bilan bir qatorda Amerikaning katta beshlik axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biridir.
Sobiq nomi | Facebook korxonasi |
---|---|
Turi | ommaviy kompaniya, texnologiya kompaniyasi, online service provider va biznes |
Qachon asos solingan | 1-aprel, 1977-yil |
Asoschi(lari) | Mark Zuckerberg, Eduardo Saverin, Dustin Moskovitz, Chris Hughes va Andrew McCollum |
Rahbariyat |
|
Brendlari | |
Aylanma daromadi | US$117.929 Milliard (Fiskal yil yakuni Dekabr 31, 2021)[1] |
Operatsion foydasi | US$46.753 Milliard (Fiskal yil Dekabr 31, 2021)[1] |
Boyligi | US$165.987 Milliard (Fiskal yil yakuni Dekabr 31, 2021)[1] |
Sof foydasi | 39 098 000 000[2] |
Ishchilar soni | 71,970 |
Vebsayti | about.facebook.com |
Meta mahsulotlari va xizmatlariga Facebook, Messenger, Facebook Watch va Facebook Portal kiradi. Shuningdek, u Oculus, Giphy va Mapillary kompaniyalarini sotib oldi va Jio Platformsʼda 9,99% ulushga ega. Kompaniya oʻz daromadining katta qismini marketologlarga reklama joylashtirish xizmatini taklif qilishdan oladi.[5]
2021-yil oktabr oyida ommaviy axborot vositalari Facebookʼning bosh kompaniyasi “metaverse yaratishga e’tiborini aks ettirish” uchun oʻz nomini oʻzgartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berishdi.[6] Oʻsha oyning oxiriga kelib, 28-oktabrda u Meta nomi bilan qayta brendlandi[7][8]