Metallash — buyum sirtida bir yoki bir necha yupqa metall qatlami (qoplami) hosil qilish. Bunday qoplamning yupqaligi — mikrometrnit bir necha ulushlaridan 40—50 mkm gacha (baʼzan, bir necha millimetrgacha) boʻladi. M.ning galvanik, diffuzion, vakuum, kimyoviy, gaztermik, ion-plazmaviy, gazfazaviy va detonatsiya usullari mavjud. Galvanik usulda metall elektrolitik tarzda qoplana di (qarang Elektroliz). Bu usulda deyarli barcha metallar (rux, kadmiy, nikel, xrom, qalayi, temir, kumush, oltin) va baʼzi qotishmalar (maye., bronza) ni istalgan elektr oʻtkazuvchan material sirtiga qoplash mumkin (qarang Galvanotexnika). Diffuzion usulda diffuziya hodisasi tufayli buyum sirtida bir yoki bir necha kimyoviy element qatlami hosil qilinadi. Asosan, metall buyumlar, baʼzan metallmas (mas, grafit) buyumlar uchun qoʻllanadi. Vakuum usul — vakuumaa buyumlar sirtida himoya qoplami hosil qilish. Buning ham metall va metallmas xili boʻladi. Asosan, katodli purkash, termik va elektron-nur bilan buglash usullari va ikkala usul birgaliqda qoʻllanadi. Kimyoviy usulda metallar sirti shu metallarning tuzlari eritmalari bilan tiklanadi. Gaztermik usulda suyuq metall gaz oqimida metallanadigan sirtga purkaladi. Ion-plazmaviy usulda metallar past temperaturali tutovchi razryad yoki yey razryad plazmasida purkaladi. Gaz-fazaviy (kimyoviytermik) usulda buyumning qizdirilgan sirtiga metall qatlami oʻtqaziladi. Detonatsiya usuli detonatsiya (portlash) tulkini energiyasidan foydalanishga asoslanadi. M. buyumlarning sirtlarini mustahkamlash, yeyilishga chidamliligi va korroziyabardoshligi (zanglashga chidamliligi), ni, elektr oʻtkazuvchanligini oshirish, baʼzan buyumni koʻrkamlashtirish uchun qoʻllanadi. Elektrotexnika, radiotexnika, optika, raketa texnikasi, avtomobilsozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va boshqa tarmoqlarda M.ga ehtiyoj katta.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil