Metallica (talaffuzi: Metallika) AQShda tuzilgan heavy metal guruhidir. Guruhga 1981-yil vokalchi/gitarachi James Hetfield va dovulchi Lars Ulrich Los Angeles shahrida asos solishgan.[1][2] Tezkor tempi va agressiv musiqasi ortidan tanilgan ushbu guruh Megadeth, Anthrax va Slayer guruhlari bilan bir qatorda thrash metalning „katta toʻrtligi“dan biri hisoblanadi. Guruhning hozirgi tarkibi vokalchi va ritm-gitarachi Hetfield, dovulchi Ulrich, solo-gitarachi Kirk Hammett va bas-gitarachi Robert Trujillodan iborat. Sobiq aʼzolari qatoriga gitarachi Dave Mustaine (guruhdan ketganidan keyin Megadeth guruhiga asos solgan), bas-gitarachi Ron McGovney, Cliff Burton (1986-yilgi turne davomida sodir boʻlgan avtobus halokatida vafot etgan) va Jason Newsted kiradi.

Metallica ramzi

Metallica 2017-yilda (London). Chapdan oʻngga: Lars Ulrich, James Hetfield, Kirk Hammett va Robert Trujillo.
Umumiy maʼlumot
Mamlakat AQSh
Faoliyat yillari 1981 – hozirgacha
Janr Heavy metal, thrash metal,
hard rock
Leybl Megaforce Records
Elektra Records
Warner Bros. Records
Tarkib James Hetfield
Lars Ulrich
Kirk Hammett
Robert Trujillo
Vebsayt http://www.metallica.com

Metallica tijoriy muvaffaqiyatga uchinchi albomi — Master of Puppets (1986) ni chiqargan soʻng erishdi. Albom guruhga katta shuhrat keltirdi. 1988-yili guruh ...And Justice for All (1988) nomli toʻrtinchi albomini omma eʼtiboriga havola etdi. Albom Grammy mukofotiga nomzod boʻldi. Keyin guruh Metallica (1991) nomli beshinchi albomini chiqardi. Albom ulkan tijoriy muvaffaqiyat qozonib, shu kungacha AQShda 16 milliondan ortiq nusxada sotildi va SoundScan erasining eng koʻp sotilgan albomiga aylandi. Guruhning eng soʻnggi chiqargan albomi — Hardwired... to Self-Destruct (2016).

Metallica qator mukofotlar qozongan, jumladan 9 ta Grammy mukofotini olgan. Guruhning oxirgi olti albomi Billboard 200 chartida ketma-ket birinchi oʻrinni egallagan. Metallica dunyodagi eng katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan guruhlardan boʻlib, umumjahon boʻylab 125 milliondan ortiq albom sotgan (2018-yil holatiga koʻra).[3]


Guruh tarkibi

tahrir

Xronologiya


Diskografiyasi

tahrir

Studiyaviy albomlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Pereira, Alyssa. „Metallica's Black Album turns 25: Here's how local record stores reacted to its sales in 1991“. San Francisco Chronicle (2016-yil 12-avgust). 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  2. „Band History“. Metallica official website. 2015-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  3. Savage, Mark. „Metallica to get 'Nobel Prize of music'“. BBC (2018-yil 14-fevral). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-mart.

Havolalar

tahrir