Meteoritlar
Meteoritlar — Quyosh sistemasining sayyoralararo fazodan Yer yuziga tushadigan qattiq jismlari. Quyosh atrofida elliptik orbita boʻylab aylanayotgan sonsanoqsiz qattiq jismlardan ayrimlarining orbitasi oʻzgarishi natijasida Yer bilan toʻqnashadi. Katta tezlikda (11–75 km/sek) qarakat qilayotgan bunday jismlardan massasi kichiklari (1—10 g) Yer atmosferasida meteor hodisa hosil qilsa, kattalari (1 – 1000 kg) atmosferada butunlay erib ulgurmay Yer yuziga tushadi. Bir sutkada osmondan Yerga umumiy massasi 10 t atrofida boʻlgan turli xil kattalikdagi qattiq holatdagi kosmik modda tushadi. Bu jismlarning yiriklari topilgan va tabiat muzeylarida saqlanmoqda. Ular Meteoritlar deb atalib, umumiy ogʻirligi 500 t dan oshadi. 1920-yil Janubiy-Gʻarbiy Afrikada topilgan temir Meteoritlarning (Goba) ogʻirligi 50 t, 1818-yilda Grenlandiyada topilgan Meteoritlarning ogʻirligi 34 t. 1947-yilda Sixo-te-Alin (Uzoq Sharq, Rossiya) ga parchalanib tushgan Meteoritlarning umumiy ogʻirligi 23 t. MeteoritlarZ turkumga boʻlinadi: temir, tosh vatoshtemir. Te mir Meteoritlar topilgan barcha Meteoritlarning 4% ini tashkil etib, tarkibida 85% temir, 12% nikel, 3% kobalt va boshqa elementlar bor. Temir Meteoritlar katta kristall (oktaedrit) lardir. Ular sillik, shakldagi jismlar boʻlib, havo qarshiligi taʼsirida kristallga aylangan. Tosh Meteoritlar topilgan barcha Meteoritlarning 92% ini tashkil etadi va, asosan, kremniy, magniy, natriy, kalsiy, temir, alyuminiy va boshqa elementlar oksididan iborat. Ular togʻ jinslarini eslatadi. Toshtemir Meteoritlar topilgan barcha Meteoritlarning 4% ini tashkil etadi. Meteoritlarning zichligi 2,5 dan 8,8g/sm3 gacha Meteoritlarning atmosferasidan Yerga maydalanib tushish hodisasi Meteoritlar yomgʻiri deyiladi. Mas, 1947-yildagi Sixote-Alin meteorit yomgʻiri tarkibida oʻrtacha quyidagi miqdorda nodir metallar bor (1 t Meteoritlarda g hisobida): ruteniy 10, rodiy 5, palladiy 10, ku-mush 5, osmiy 3, iridiy 5, platina 20, oltin 5 va boshqa Meteoritlardagi elementlar tarkibi Yerdagi elementlar tarkibi bilan deyarli bir xil.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |