Meteorologik stansiya - obhavo va iqlimnn oʻrganish, atmosferani ilmiy tadqiq qilish maqsadida uzluksiz meteorologik kuzatishlar olib boradigan muassasa; maʼlum talablarga javob beradigan maydonchaga oʻrnatiladi. Meteorologik stansiyaning maxsus meteorologik maydonida turli meteorologik asboblar va kurilmalar, shuningdek, xodimlar ishlaydigan joylari va boshqa boʻladi. M. yeda atmosfera temperaturasi, bosim va havo namligi, shamol, yogʻinlar, bulutlar va boshqa meteorologik elementlar uzluksiz aniqlab turiladi. Meteorologik stansiya 3 razryadga boʻlinadi: I razryadli Meteorologik stansiya vazifalariga atmosferani kuzatish natijalarini ishlab chiqish, shuningdek, unga biriktirilgan II va III razryadli Meteorologik stansiya va postlar ishiga texnik rahbarlik qilish va manfaatdor tashkilotlar, korxonalar, muassasalarga meteorologik sharoitlar haqidagi maʼlumotlar berish, iqlim materiallari bilan xizmat koʻrsatish kiradi.

Meteorologik stansiya 18-asrda vujudga kelgan. Hozirgi kunda sayyoramizdagi deyarli barcha davlatlarda 10000 ga yaqin, jumladan, Oʻzbekistonda 76 ta Meteorologik stansiya bor (qarang Gidrometeorologiya xizmati). Aholi kam yashaydigan joylarda (mas, togʻlik zonalarda), asosan, avtomatik Meteorologik stansiya dan foydalaniladi. Meteorologik stansiya maʼlumotlari obhavo holatini bilishda va yaqin kunlar uchun prognoz tuzishda asos boʻlib xizmat qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil