Metiloranj, geliantin (natriy yadimetilaminoazobenzol sulfonat) — sunʼiy organik boʻyagich modda. Diazolangan sulfanil kislotani di-metilanilinga qoʻshib olinadi. rN 3,1—4,4 boʻlganda qizil rangi sariqqa aylanadi. Analitik kimyoda 0,04% li suvdagi eritmasi yoki 0,1% li etanoldagi eritmasi indikator sifatida ishlatiladi. Eritmalar muhitining vodorod koʻrsatkichini aniqlashda qoʻllanadi (yana qarang Indikatorlar). [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil