Metodistlar – Angliyada XVIII asrda paydo boʻlib, anglikan cherkovining yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Uning tarafdorlari xristian axloqi meʼyorlariga metodik ravishda rioya qilishni talab qilganlaridan nomlanishi kelib chiqadi. Taʼlimotining asoslari anglikanlar taʼlimotiga yaqin turadi. Angliyadan tashqari bu yoʻnalish AQSH, Kanada, Avstraliya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Metodizm tarafdorlari 31 mln. kishini tashkil qiladi. U.Buts asos solgan "Xaloskorlar Armiyasi" metodizmga yaqin turadi. Uning taʼlimoti metodistlarnikidan farq qilmaydi. „Xaloskorlar Armiyasi“ xarbiy tashkilot singari tashkil etilgan. Bu tashkilot aʼzolari koʻcha-koʻylarda vaʼzxonlik qilish bilan mashhurlar[1].Bu davrda dunyoning 48 ta davlatida paydo boʻldi.

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 292.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.