Metsso-tinto (ital. mezzo - oʻrta va tinto — boʻyalgan) — metall gravyura turi; asosan, chuqur bosmaga taalluqli, rangli bosmada ham qoʻllanadi. Bosmada sidirgʻa qora tus hosil qilish uchun M.-t.da bosma shakl (plastina)ning tekis yuzasi mexanik yoki kimyoviy usulda donador (gʻadir-budur) qilinadi; soʻng toza yoki boʻyoq qoplangan plastina yuzasiga tasvir ishlanadi, rasmdagi yorugʻ joylarning yuzasi tekislanadi yoki qirib tozalanadi. Bu jarayon tufayli nurdan soyaga asta-sekin oʻtish imkoniyati yaratiladi. M.-t. usulidagi gravyuralar teran va mayin rangi, boy va nozik nursoyasi bilan ajralib turadi. 17-asr oʻrtalarida nemis ustasi L. Zigen ixtiro qilgan. 18—19-asr boshlarida keng tarqalgan boʻlib (ayniqsa, Angliyada, shuningdek, Fransiya, Rossiya va boshqalarda), asosan, kartinalarni ishlab chiqarishda qoʻllangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil