Mevali daraxtlarni yoshartirish
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mevali daraxtlarni yoshartirish — yangi novdalar oʻsib chiqishi uchun daraxtlarning eski va qurigan shoxlarini kesish; daraxt umrini uzaytirish va hosil berishini tiklash usullaridan biri. Mevali daraxtlar kariganida, asosiy shoxlarini tiklash, novdalarining oʻsishini tezlashtirish hamda meva hosil qiluvchi organlarini shakllantirish maqsadlarida qoʻllanadi. Koʻpgina 25—30 yoshdagi olma, nok, 15—20 yoshdagi oʻrik, 8—12 yoshdagi olxoʻri, gilos va boshqa yoshartiriladi. Asosan, fevral— mart oylarida utkaziladi. Yoshartirishning yengil, kuchli hamda butab yoshartirish xillari bor. Yengil yoshartirishda asosiy shoxlar, qulay tomonga rivojlangan yon shoxlar yuqorisidan, kuchlisida asosiy shoxlarning uchdan ikki qismi kesiladi. Bunda ulardan bir nechta yangi novda oʻsib rivojlanadi. 3—4 yildan soʻng ulardan yangi shox-shabba shakllantiriladi. Butab yoshartirish da asosiy shoxlar qisqartirilib, ulardagi 1—2 yillik novdalarning ayrimlari olib tashlanadi. Bu usulda zaxira oziq moddalar daraxtlarning koʻp gullashi uchun sarf boʻlmaydi, tutgan mevalar toʻkilib ketmaydi.
Yoshartirilgan olma va nok daraxtlari 4-yilda, oʻrik, shaftoli 2-yildayoq hosilga kiradi. Shoxlarning kesilgan joyiga bogʻ malhami yoki alif aralashtirilgan moyli boʻyoq surib qoʻyiladi. Yoshartirishdan oldin daraxt oʻsayotgan atrof yerning 1 m2 ga 5–6 kg chirigan goʻng yoki goʻng bilan mineral oʻgʻit aralashmasi solib, chopiladi, qondirib sugʻoriladi. Toʻgʻri yoshartirilgan mevali daraxt yana 10—15 yil va undan ham uzok, hosil beradi (yana q. Butash, Daraxtlarga shakl berish, Kallaklash).
Rixsivoy Joʻrayev.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |