Mexanizmlar kinematikasi — mexanizmlarga taʼsir etadigan kuchlarni hisobga olmagan holda qism (zveno) lari harakatining geometrik jihatlari oʻrganiladigan soha; mashina va mexanizmlar nazariyasi boʻlimi. Mexanizmlar kinematikasida kinematik analiz va kinematik sintez masalalari yechiladi. Mexanizmlar kinematikasi masalalarini yechish uchun mexanizmning kinematik xossalarini ifodalaydigan asosiy koʻrsatkichlar va yetakchi zvenolarning harakat qonunlari maʼlum boʻlishi kerak.

Mexanizmlar kinematikasi masalalari grafik, analitik va grafoanalitik usullarda yechiladi. Eng oddiy grafik usul ning mohiyati quyidagicha: agar mexanizmdagi AV zvenoning vaziyati va sharnirlari markazlari orasidagi masofa maʼlum boʻlsa (rasmga q.), qolgan barcha zvenolarning vaziyatini sirkul yordamida aniqlash mumkin. Shunday qilib, tekislikda harakatlanadigan mexanizmlar masalasi egri chiziqlarning tekislikda kesishgan nuqtalarini aniqlashdan iborat boʻladi.

Analitik usul oldindan maʼlum aniqlikdagi zvenolarning vaziyatini anikutshga imkon beradi. Bunda masala chiziqli boʻlmagan tenglamalar sistemasini yechishga keltiriladi. Mexanizmdagi ayrim nuqtalarning temperaturayektoriyasi, odatda, zvenolarning vaziyatini bilish uchun aniqlanadi; bunda faqat mexanizm ish organlarining harakat turiga bogʻliq boʻlgan temperaturayektoriyalarning grafigi tuziladi yoki tekshiril adi.

Grafoanal iti k usul zvenolar va mexanizmlar ayrim nuqtalarining tezliklarini aniqlashda qoʻllanadi. Biror nuqtaning tezligini aniqlash uchun zvenolarning vaziyatini aniqlashda olingan maʼlumotlardan foydalanib, bu nuqta yoʻlining vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasi tuziladi, soʻngra differensiallash grafigini qoʻllab, tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasi quriladi. Mexanizm nuqtalarining tezlanishlarini aniqlashda tezlanishlar planidan va analitik usuldan foydalaniladi. Tezlanishlarni aniqlash uchun odatda kinematik diagramma usuli qoʻllanilmaydi, chunki uning anikligi oldindan qurilgan tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasini differensiallash grafigi aniqligiga bogʻliq boʻladi. Mexanizmlarning kinematik sintez masalalari koʻrib oʻtilgan kinematik analiz masalalariga teskari hisoblanadi.

/M..Usmonxoʻjayev Mexanizmlar kinematikasi Mashina va mexanizmlar nazariyasi, 2nashr, T., 1970; Artobolevskiy I. I., Mexanizmi v sovremennoy texnike [v 4-x t.], t. 1—3, M., 1970-73.

Koʻrqmas Inogʻomov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil