Mexdi husayn (taxallusi; asl ism-sharifi Mexdi Ali ogʻa oʻgʻli Husaynov) [1909.4.4, Ozarbayjon Respublikasi Shixli qishlogʻi (hozirgi Kazax tumani) — 1965.10.3, Boku] — ozarbayjon yozuvchisi, tanqidchi, jamoat arbobi. Dastlabki asarlarida ozarbayjon qishloklaridagi hayot, yangilikning eskilik ustidan gʻalabasi koʻrsatilgan. "Suv toshqini" (1933—36) romanida Ozarbayjondagi fuqarolar urushi vo-qealari hikoya qilinadi. "Tarlon" (1940) qissasida qishloq oʻqituvchisining esda qolarli obrazi yaratilgan. Ikkinchi jahon urushi yillari "Hayqiriq" qissasi, "Javnshir" tarixiy dramasini yozdi. "Apsheron" (1947), "Qora qoyalar" (1957), "Tong" (2 qism, 1950—53) romanlari yozuvchiga shuhrat keltirdi. "Qora qoyalar"da ozarbayjon neftchilarining mehnatlari koʻrsatilgan boʻlsa, "Tong"da tarix ijodkori boʻlgan ommaning roli tasvirlangan. Adib va-fotidan soʻng "Yer osti suvlari okeanga oqadi" (1966) romani nashr etilgan. Chegarachilarning vatanparvarligi toʻgʻrisidagi "Shuhrat" (1938), shuningdek, "Nizomiy" (1940), burchga sadoqat haqidagi "Intizor" (1944, hamkorliqsa), "Olov" (1961) asarlari ozarbayjon dramaturgiyasining yaxshi na-munalaridandir. "Apsheron" romani oʻzbek tilida nashr etilgan (1952).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil