Meybod
Meybod (forscha: Meybod) — Eron, Yazd viloyati, Meybod okrugidagi shahar va okrug markaz. 2006-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 58,295 nafar, 15,703 oiladan iborat boʻlgan[2].
Meybod Meybod | |
---|---|
Shahar | |
32°15′0″N 54°1′0″E / 32.25000°N 54.01667°E | |
Aholisi (2016 Census) |
80,712[1] |
Vaqt mintaqasi | UTCIRST |
|
Meybod — Eronning Yazd viloyatidagi yirik choʻl shahri boʻlib, aholisi 75 000 ga yaqin. U Yazddagi ikkinchi yirik shahar hisoblanadi.
Tarixi
tahrirMeybod islomgacha boʻlgan davrga borib taqaladigan qadimiy shahar. Shuning uchun hududda koʻplab qadimiy diqqatga sazovor joylar mavjud.
Muzaffariylar davrida Eronning poytaxti boʻlgan. Erondagi eng qadimiy qasrlardan biri Meyboddagi Narin gʻaleh boʻlib, u Sosoniylar davridan qolgan. Chaparxana va Karvonsaroy Abbosiy Safaviylar davridagi tarixiy binolarning yana bir namunasidir.
Meyboddan koʻplab shoirlar, soʻfiylar va siyosatchilar yetishib chiqqan. „Kashf al-asror“ning muallifi Meybodiy, Oyatulloh Xoriy, Husayn Makkiy va boshqalar Maybodda istiqomat qilgan.
Afsuski, undagi ayrim tarixiy joylar yodgorliklarni qadrlamaydigan mahalliy hokimiyatlar tomonidan buzib tashlangan. Shunga qaramay, Meyobdga har kuni dunyoning turli burchaklaridan koʻplab sayyohlar tashrif buyuradi[3].
Diqqatga sazovor joylar
tahrirNarenj (Norin) qal’asi. Soʻzlashuv tilida Narenj qal’asi deb ataladigan bu bino Eronga Islom kelishidan oldingi davrga oid eng muhim yodgorliklaridan biri boʻlib, milliy binolardan biri sifatida qayd etilgan. Bu qadimiy qal’a Galin tepaligida qurilgan. Binoning bir qismi Pahlaviy II davrida yoʻl qurilishi jarayonida vayron qilingan[4].
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Statistical Center of Iran > Home“.
- ↑ „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (Excel). Eron statistika markazi. 2011-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „About Meybod“. 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
- ↑ Narenj castel in Meybod