Mezolit davrida yevropa arxeologiyasi
Xo'jalik
tahrirdavrida shimoliy Yevropa hududida ovchilik bilan shug‘ullanuvchilar jamoalar madaniyati shakllanadi. Ya’ni bu xo‘jalik turi Angliyaning sharqiy viloyatlaridan tortib toki Estoniya, ayniqsa Bolqonbo‘yi hududlarida ravnaq topdi. Miloddan avvalgi 8 ming yillikning o‘rtalariga kelib, mezolit davri ovchilari toshlardan boltalar yasab o‘rmonlarda daraxtlarni kesishda ulardan foydalanishgan. Ov qurollari asosan toshdan ishlangan. Bunday tosh qurollar farxeologiya fanida mikrolit tosh qurollar nomini olgan. Mezolit davri ovchilari tosh qurollardan nafaqat ov jarayonida, balki harbiy maqsadlarda ham foydalanishgan.1869 yilda G. De mortile paleolit davridan so‘ng neolit davri deb hisoblagan. Keyinchalik esa Ye. Kartile G.De Mortile fikrlarini tahlil etgan xolda shunday xulosaga keldiki paleolit va neolit o‘rtasida xiatus mavjud bo‘lsa, u holda Yevropa mintaqasi uzoq davriy vaqt davomida insoniyat tomonidan o‘zlashtirilmagan. Biroq bu davrga kelib, bu bo‘shliqni to‘ldirish imkoniyatin i beruvchi bir qancha dalillar qo‘lga kiritiladi. 70 yillarning oxirlariga kelib esa shved olimi Torell paleolit davridan neolit davriga o‘tish bosqichini “mezolit ” ya’ni “o‘rta tosh” davri deb nomlaydi.
Yevropada mezolit
tahrirYevropaning mezolit davri miloddan avvalgi 9-6 ming yilliklar bilan davrlanadi. Yevropada ham mezolit davri buyuk muzliklarining chekinishi va hozirgi zamon iqlimiga o‘zgarishi davriga to‘g‘ri keladi. Muzliklarning chekinishi natijasida iqlim va o‘simliklar dunyosi o‘zgarib ketadi. Muzlik davrining so‘ngi bosqichida Yevropa shimolining katta qismida to‘g‘risimon o‘simliklar hukmronlik qilar edi. Asta – sekinlik bilan muzliklar shimolga tamon chekinadi va hozirgi kunda mavjud bo‘lgpn boltiq dengizi poydo bo‘ladi. muzlik davrining tugashi bilan Janubiy va Markaziy Yevropada shimol kiyigi yo‘qoladi ovchilarning asosiy ov manbai bo‘lib bug‘ular va boshqa hayvonlar qoladi. Muzlik davri ovchilarining turar joylari yengil tipdagi manzilgoh edi. Yevropada qo‘lga o‘rgatilgan hayvon bu it hisoblanadi.
Madaniyat
tahrirYevropaning turli hududlarida mezolit davrida madaniyatlarining kechishi har xil bo‘lgan. Shimoliy Yevropa mezoliti Yevropa mintaqasining o‘rta yer dengizi va atlantika havzalari qismlaridan ancha farq qiladi. Muzlik erishi bilan yevropa hududidagi yashagan iptidoiy ajdodlarimiz bug‘ular izidan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yangi yerlarni o‘zlashtira boshlaganlar. Ibtidoiy ajdodlprimiz shimoliy tomonga siljishi natijasida bu yerlar Gamburg, Feder messer, Orenburg kabi madaniyatlarga asos soladi. Germaniyaning shimolidagi mezolit davri madaniyatlariga boltalar madaniyati nomi berilgan ushbu madaniyatning asosiy yodgorliklari Pinnenburg, Dyuvenzee va Oldesloe sivilizatsiyalari hududlaridan topib o‘rganilgan. Masalan: Pinnenburg qishlog‘ida o‘tkazilgan qazuv ishlari natijasida bir nechta manzilgohlar, qabrlar va o‘choq qoldiqlari aniqlangan. Shimoliy Skandinaviyaning mezolit davri madaniyatlari Fosna(Fosna), Komsa (Komsa) va Askola (Askole)madaniyatlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Komsa madaniyati Norvegiyaning (Finmarker) shimoliy qismida, Finlandiyaning shimoliy qismida Skandinaviya yarim oroligacha bo‘lgan hudularda keng tarqalgan.
Manzilgohlar
tahrirFanda 100 dan ortiq manzilgohlar ma’lum bo‘lib, ulardan asosan toshdan ishlangan qirindilar namunalari topilgan. Finlandiyada komsa madaniyati bilan bir vaqtda askola madaniyati mavjud bo‘lgan (unga tegishli manzilgohlar Askola viloyati, Porvan – Yoki yaqinidan topib o‘rganilgan) ov qurollari asosan kvarsitdan ishlangan. Ushbu ikkala madaniyat ham miloddan avvalgi VIII ming yilliklar bilan belgilanadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra ushbu madaniyat yodgorliklariga o‘xshash. Extimolki ularning paydo bo‘lishi ajdodlarimizning shimol bug‘isi izidan shimol tomonga ko‘chishi natijasida paydo bo‘ladi. fosna madaniyati Norvegiyaning g‘arbiy qirg‘oq bo‘yi hududida tarqalgan. Ushbu madaniyatning fosna nomi bilan atalishi shahri nomi bilan bog‘liq. Finlandiyaning so‘ngi mezolit davri madaniyatlar arxeologiya fanida suomusyarvi nomi bilan ma’lumdir. Ushbu madaniyatga tegishli yodgorliklar Finlandiyaning janubiy qismida topib o‘rganilgan. Ushbu madaniyat karelil hududida ham keng tarqalgan. Bu madaniyatning so‘ngi bosqichi neolit davriga xos bo‘lsada, aholisi sopol buyumlar bilan tanish bo‘lishmagan. Bu madaniyatning kelib chiqishi borasida ham bir nechta nuqtai nazarlar mavjud. Birinchi nuqtai nazarga iko‘ra Finlandiya ko‘rfazining janubiy qirg‘oqlari hududlaridan uo‘chib aholi bilan bog‘lansa, ikkinchi nuqtai nazarga ko‘ra esa askola madaniyatining so‘ngi bosqichi bilan belgilanadi. Yevropaning eng qadimgi madaniyatlaridan biri bu maglemoze madaniyatidir. Maglemoze deb nomlanishi esa Zelandiyadagi Muleruxa shahri nomi bilan bog‘liq. Bu yerda 1900 yilda o‘tkazilgan qazishmalar jarayonida qadimgi qishloq izlari topib o‘rganilgan. Ushbu madaniyat Angliyadan Boltiqbo‘yigacha, janubiy Norvegiyadan Pikardiyagacha bshlgan hududlarda keng tarqalgan. Ushbu madaniyatlarining eng asosiy yodgorliklari Zerlandiya oroli joylashgan xolmgard va Sverdborg; Angliyadagi – Broksbern; Killing – xit; Nyubyuri; Germaniyadagi – Kalbe; Dyubbertin; Dyukenzee; Shvesariyadagi – Istabi; Omossen; Sandarna yodgorliklarihisoblanadi. Skandinaviya hududida maslemize madaniyati o‘rniga Konimoze madaniyati keladi. Azil yodgorligi Ispaniyaning shimoli va Fransiyaning janubidagi Solyutre� davri madaniyati hisoblanadi. Ushbu madaniyatga oid yodgorliklar Fransiya Pireniyasi hududlaridan topilgan. Azil madaniyatini Yevropaning boshqa ilk mezolit davri yodgorliklari Tyongersk vap Svidersk madaniyatlari bilan bir vaqtda mavjud bo‘lgan.
Adabiyotlar Ro'yxati
tahrirARXEOLOGIYA. Z.M.Qodirov. T. 2021.y
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |