Mayami
Mayami (inglizcha: Miami) AQShdagi Florida shtatining janubi-sharqiy qismidagi shahardir. Atlantika okeani sohilida. Aholisi 442 241 kishi (2020) boʻlib, aholi soni boʻyicha Florida shtatida ikkinchi, AQShda esa 44-oʻrinda turadi.[4] Dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatda eng yirik yuk aeroporti bor. Kruiz kemachiligi markazi. Yil davomida ishlab turadigan iqlim kurorti. Muhim savdo-moliya markazi. Mashinasozlik, radioelektrotexnika, aviasozlik, poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Zargarlik buyumlari, tibbiyot jihozlari ishlab chiqariladi. Un-tlar, opera teatri, badiiy muzey, okeanarium, botanika bogʻi bor. Biscayne boʻgʻozidagi koʻpriklar orqali Mayami-Bich shaharchasi bilan bogʻlangan. Sohil boʻylab mehmonxona, sanatoriy, motellar joylashgan. Shaharga 1895-yilda asos solingan. Turizm rivojlangan (har yili 5 million chamasida turist kelib-ketadi).[5]
Mayami | |
---|---|
Shahar | |
25°47′0″N 80°13′0″W / 25.78333°N 80.21667°W | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Florida |
Hukumat | |
• Mayor | Julia Tuttle |
Asos solingan | 1896[1][2] |
Maydon | 143.1[3] km2 (55.3 kv mi) |
Markazi balandligi | 42 m |
Aholisi (2020[4]) |
442 241 |
Zichligi | 4 743.55 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC−05:00 |
Pochta indeks(lar)i | 33101-33299 |
|
Manbalar
tahrir- ↑ George, Paul S. „Miami: One Hundred Years of History“. HistoryMiami (1996). 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
- ↑ Shappee, Nathan D. (1961). "Fort Dallas and the Naval Depot on Key Biscayne, 1836–1926". Tequesta 21: 13–40. Archived from the original on 2021-08-26. https://web.archive.org/web/20210826152615/http://digitalcollections.fiu.edu/tequesta/files/1961/61_1_02.pdf. Qaraldi: 2022-04-13.Mayami]]
- ↑ „2020 U.S. Gazetteer Files“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „QuickFacts: Miami city, Florida“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Oʻqish uchun
tahrir- Elizabeth M. Aranda, Sallie Hughes, and Elena Sabogal, Making a Life in Multiethnic Miami: Immigration and the Rise of a Global City. Boulder, Colorado: Renner, 2014.
Havolalar
tahrir- Mayami shahri — rasmiy sayt (ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |