Mixaella Krajicek (1989-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq tennischi. U WTA turnirida uchta yakkalik, beshta juftlik, shuningdek, ITFda 14 ta yakkalik va 22 juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan. 2008-yil 11-fevralda u dunyodagi yakkalik reytingida 30-oʻrinni egalladi. 2015-yil 23-mart kuni u juftliklar reytingida 23-oʻrinni egallagan.

Michaëlla Krajicek
Mamlakat Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Istiqomat joyi
Tugʻilishi 9-yanvar 1989-yil (1989-01-09) (35 yosh)
Delft, Niderlandiya
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in) sm
Professionallik 2003
Faoliyati tugashi 2020
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $US$ 2,080,313
Yakkalik bahslar
Rekordi 317–200
Jami titullari 3
Eng yuqori pozitsiyasi No. 30 (2008)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 3R (2006)
French Open 3R (2007)
Wimbledon QF (2007)
US Open 2R (2007, 2011)
Juftlik bahslari
Rekordi 277–160
Jami titullari 5
Eng yuqori pozitsiyasi No. 23 (2015)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open SF (2015)
French Open SF (2014)
Wimbledon 3R (2007)
US Open 3R (2014, 2015)
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari
Australian Open QF (2017)
French Open 2R (2015)
Wimbledon 2R (2006, 2014, 2015)
US Open 2R (2006, 2016)
Jamoa musobaqalari
Fed Cup 17-15
Hopman Cup F (2006)

Shaxsiy hayoti

tahrir
 
Krajicek 2007-yilgi Avstraliya ochiq chempionatida

Michaëlla Krajicek sobiq Wimbledon chempionati chempioni Richard Krajicekning kenja singlisi. Shuning uchun unga Kleine Kraai laqabi qoʻyilgan edi. Bu golland tilida „kichkina qargʻa“ degan maʼnoni anglatadi[2].

Gollandiya gazetasida Fed Kubogi sardori Manon Bollegrafning bayonotlari bilan chiqqan bir maqola Krajicekning Gollandiya terma jamoasidagi ishtirokini toʻxtatishiga sabab boʻldi. Bollegraf Krajichekning murabbiyi Allistair McCaw bilan munosabatlariga salbiy fikr bildirgan edi. 2010-yil aprel oyida Krajicek 2007-yilda fitnes boʻyicha murabbiy sifatida ish boshlagan Makkau bilan munosabatda ekanligini tasdiqladi[3][4]. 2011-yilda u Bollegraf bilan kelishmovchiliklarni bartaraf etib, Fed Cup jamoasiga qaytdi[5].

U ota-onasining vatani boʻlgan Chexiyaning Praga shahrida yashaydi[6].

Tennisdagi faoliyati

tahrir

2002-yilda 13 yoshli Krajicek Cesky Telecom World Junior Tennis finalida Gollandiya terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Oʻsha paytda u Yevropada birinchi raqamli oʻyinchi edi. Krajicek finalda Polsha ustidan gʻalaba qozondi va Gollandiyaga 3:0 hisobida gʻalaba olib keldi.

Krajicek 2003-yilgi birinchi A daraja turnirida (Meksikadagi Yukatan kubogi) gʻolib chiqdi va bu oʻzi ishtirok etgan yetti turnirdagi toʻrtinchi gʻalabasiga aylandi. Uning natijasi 33-3 ni tashkil etdi[7]. Krajicek Italiya ochiq chempionatida ikkinchi darajali A turnirida gʻolib chiqdi va bu uni dunyoda 2-oʻringa olib chiqdi. Fransiya Ochiq chempionatida Krajicek yarim finalda Vera Douchevinaga yutqazib qoʻydi va Katerina Bohmova bilan juftlik finaliga chiqdi. Ular Marta Fraga Peres va Adriana Gonsales Penasga ketma-ket magʻlub boʻldi. Wimbldonda oldidan Krajieck asosiy raqiblardan biri boʻlishi kutilgandi, biroq u uch setda Anna Chakvetadzega 6:8 hisobida magʻlub boʻldi. U Bohmova bilan „Katta Dubulgʻa“ turkumidagi oʻsmirlar juftlik bahslarida ketma-ket ikkinchi finalga chiqdi. Ular Alisa Kleybanova va Saniya Mirza juftligini uchta setda magʻlub etishdi. Amerika ochiq chempionatida Krajicek hamda Wimbldon gʻolibi Kirsten Flipkens eng yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Qura yakunlandi va ular finalda uchrashishdi, Flipkens 6-3, 7-5 hisobida gʻalaba qozondi[8]. Sentyabr oyida Krajicek Gollandiya oʻsmirlar Fed kubogi jamoasiga kiritildi. Bu musobaqada Gollandiya 1990-yildan beri gʻolib chiqmagan edi. Krajicek turnir davomida magʻlubiyatga uchramadi. Birinchi oʻrindagi Gollandiya jamoasi finalda Kanadani 2:1 hisobida magʻlub etdi. U yilni Flipkensdan keyin 2-oʻrinda yakunladi.

 
Krajicek 2011 Fed kubogida

Yakkalik bahslar

tahrir
Turnir 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 W-L
Avstraliya ochiq chempionati 2R 3R 1R 1R A Q3 1 2R A A A A 2 4-5
Fransiya ochiq chempionati 1R 1R 3R 1R 1 Q3 2 1R A A A 1 A 2-5
Wimbledon chempionati A 1R QF 1R A Q3 1 A 1R A A 1 A 4-4
Amerika ochiq chempionati A 1R 2R A A 1 2R 1R A 2 A 1 A 2-4
Gʻalaba — magʻlubiyat 1-2 2-4 7-4 0-3 0-0 0-0 1-1 1-3 0-1 0-0 0-0 0-0 0-0 12-18

Juftlik bahslar

tahrir
Turnir 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 W-L
Avstraliya ochiq chempionati 3R 2R 1R A 1R 2R 1R A 3R SF A 2R 2R 12-10
Fransiya ochiq chempionati 1R 3R 1R A 2R 3R A A SF QF 2R A A 13-8
Wimbledon chempionati 2R 3R 1R A 1R 1R A A 2R 3R 3R A A 8-8
Amerika ochiq chempionati 2R 2R A A 1R 1R 1R A 3R 3R 2R A 1R 7-9
Gʻalaba — magʻlubiyat 4-4 6-4 0-3 0-0 1-4 3-4 0-2 0-0 9-4 11-4 4-3 1-1 1-2 40-35

Manbalar

tahrir
  1. „Michaella Krajicek“. WTAtennis.com. Women's Tennis Association.
  2. „NCAA champs storm E'ville Futures event“ (2011-yil 11-avgust).[sayt ishlamaydi]
  3. „Michaëlla Krajicek: Het is helemaal mis met me – Tennis – AD“ (nl). Ad.nl. Qaraldi: 2011-yil 3-iyul.
  4. „In de ban van een man – Tennis | Het laatste tennisnieuws leest u op Telesport.nl van De Telegraaf [Tennis]“. Telegraaf.nl (2009-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 3-iyul.
  5. „Tennisnieuws: Krajicek weer opgenomen in Fed Cup-selectie“. TennisUpdate.nl (2010-yil 21-dekabr). 2014-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-iyul.
  6. „Een nieuwe Praagse lente – Artikel Michaella Krajicek / Michaela Krajicek / Misa Krajicek“. Misakrajicek.nl (2011-yil 28-aprel). 2018-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-iyul.
  7. „ITF Tennis — Juniors — News Article“. 2011-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  8. „ITF Tennis — Juniors — News Article“. 2011-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.