Michael López-Alegría
Michael López-Alegría (talaffuzi: Maykl Lopez-Alegriya 1958-yil 30-mayda tugʻilgan) — kosmonavt, sinovchi uchuvchi va ikki fuqarolikka ega boʻlgan amerikalik va ispaniyalik tijorat astronavti[1]. Michael uchta Space Shuttle missiyasi va bitta Xalqaro kosmik stantsiya missiyasining faxriysi. U oʻz kariyerasi davomida oʻnta kosmik sayohatni amalga oshirgani bilan tanilgan, hozirda EVA davomiyligi boʻyicha ikkinchi eng uzun rekordga (NASA astronavtlari orasida birinchi) ega. Michael 2022-yil 8-aprelda uchirilgan va yer orbitasida taxminan 17 kun oʻtkazgan holda, Xalqaro kosmik stansiyaga tijorat kosmonavtlari missiyasining birinchi shaxsiy jamoasi boʻlgan Axiom-1ga qoʻmondonlik qilgan[2].
Michael López-Alegría | |
---|---|
Tavalludi |
30-may 1958-yil Madrid, Ispaniya |
Fuqaroligi | AQSh va Ispaniya |
Kasbi | Tijorat kosmonavti, Muhandis, Sinov uchuvchisi |
Millati | amerikalik |
Kosmik karyera | |
Daraja | Qo'shma Shtatlar dengiz floti kapitani |
Kosmosdagi vaqt |
275 kun 0 soat va 35 daqiqa |
Tanlash | 1992-yil NASA guruhi |
Jami EVAs |
10 |
Jami EVA vaqti |
67 soat 40 daqiqa 76 soniya |
Missiyalar | STS-73, STS-92, STS-113Soyuz TMA-9 (14-ekspeditsiya) |
Missiya belgisi |
|
Isteʼfo | 2012-yil 12-mart |
Hayot yoʻli
tahrirIspaniyalik ota va amerikalik onaning oʻgʻli MichaelIspaniyaning Madrid shahrida tugʻilgan va Kaliforniyaning Mission Viejo shahrida oʻsgan. Michael Mission Viejo oʻrta maktabini tugatgandan soʻng, Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz kuchlariga qoʻshildi va u yerda 1980-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-dengiz akademiyasida tizim muhandisligi boʻyicha bakalavr va aviatsiya muhandisligi boʻyicha fan magistri darajasini oldi. 1981-yilda dengiz floti aviatori etib tayinlangan. U harbiy-dengiz flotidagi aviatsiya tajribasini, Pensakola (Florida shtati) yaqinidagi harbiy-dengiz havo stansiyasida 2-oʻquv eskadronida (VT- 2) instruktor uchuvchisi boʻlib oshirgan. U AQSh dengiz sinovlari uchuvchilar maktabiga tanlangan birinchi EP-3E uchuvchisi edi. U Harvard Kennedy maktabining milliy va xalqaro xavfsizlik boʻyicha yuqori lavozimli rahbarlar uchun moʻljallangan dasturini tamomlagan. U ingliz, ispan, fransuz va rus tillarini yaxshi biladi.
Uning oʻgʻli Nicolas 2006-yilda Mira La Luna (rejissyor Eduard Bosch) filmida rol oʻynagan.
Missiya rekordi
tahrirMichaelning birinchi kosmik missiyasi 1995-yilda STS-73 edi; 2000-yilda STS-92 va 2002-yilda STS-113 bortida koinotga uchgunga qadar, bir necha yil davomida NASA ning Xalqaro kosmik stansiya (XKS) ekipaj operatsiyalari boʻlimiga rahbarlik qildi. STS-92 parvozi davomida u SAFER reaktiv ryukzakni hamkasbi astronavt Jeff Wisoff bilan kosmik kemadan 50 futgacha uchib sinovdan oʻtkazdi.
Michael 2001-yil oktyabr oyida Aquarius suv osti laboratoriyasida birinchi NEEMO (NASA ekstremal muhit missiyasi operatsiyalari) ekipajida akvanavt sifatida xizmat qilgan[3].
2006-yil 20-sentyabrda Michael Soyuz TMA-9 bortidaQozogʻistonning Bayqoʻngʻir shahridan uchib, 14-ekspeditsiya qoʻmondoni sifatida XKS bilan tutashdi. 14-ekspeditsiyada u beshta kosmik sayohatni amalga oshirdi. 2007-yil 21-aprelda u XKSdan chiqib, yerga qaytdi.
EVA roʻyxati
tahrir- 2000-10-16 7:07 STS-92, EVA 2
- 2000-10-18 6:56 soat STS-92, EVA 4
- 2002-11-26 6:45 soat STS-113, EVA 1
- 2002-11-28 6:10 STS-113, EVA 2
- 2002-11-30 7:00 STS-113, EVA 3
- 2006-11-22 7:39 ISS ekspeditsiyasi 14, EVA 1
- 2007-01-31 7:55 ISS ekspeditsiyasi 14, EVA 2
- 2007-02-04 7:11 soat ISS ekspeditsiyasi 14, EVA 3
- 2007-02-07 6:39 ISS ekspeditsiyasi 14, EVA 4
- 2007-02-22 6:18 ISS ekspeditsiyasi 14, EVA 5
NASAdan keyingi martaba
tahrirMichael 2012-yil 12-martda NASAdan nafaqaga chiqdi[4] va 2014-yil oxirigacha Tijorat kosmik parvozlar federatsiyasi prezidenti lavozimida ishladi. Michael anʼanaviy va tijorat kosmik kompaniyalarning mustaqil maslahatchisi boʻlib, davlat va xususiy tashkilotlarning bir nechta maslahat kengashlari va qoʻmitalarida xizmat qiladi. Michael mamlakat ichida va xalqaro miqyosda nutq soʻzlash bilan shugʻullanadi.
2017-yilda Michael Axiom Space kompaniyasiga Biznesni rivojlantirish boʻyicha direktor sifatida qoʻshildi[5]. U 2022-yilda Xalqaro kosmik stansiyaga birinchi Axiom Space Crew Dragon missiyasi boʻlgan Axiom Mission 1 qoʻmondoni sifatida yana kosmosga uchdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Entrevista exclusiva con el astronauta español MIGUEL LÓPEZ-ALEGRIA - YouTube“. YouTube.
- ↑ Gorman, Steve. „Space station's first all-private astronaut team welcomed aboard orbiting platform“. Financial Post (9-aprel 2022-yil).
- ↑ NASA. „NASA – NEEMO History“. National Aeronautics and Space Administration (21-mart 2006-yil). 2006-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-sentabr 2011-yil.
- ↑ „Astronaut M. Lopez-Alegria's post-NASA career - collectSPACE: Messages“.
- ↑ „About Axiom Space - Michael López-Alegría“. Axiom Space. 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2019-yil.