Michael Akpowi Olise (inglizcha: Michael Akpovie Olise; 2001-yil 12-dekabrda tugʻilgan) – ingliz va fransuz futbolchisi, Germaniyaning "FC Bayern Munich" klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Michael Olise
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michael Akpowi Olise
Tavallud sanasi 12-dekabr 2001-yil (2001-12-12) (22 yosh)
Tavallud joyi Xammersmit, AngliyaAngliya bayrogʻi
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Olmoniya bayrogʻi FC Bayern Munich
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2009
2009-2016
2016
2016-2019
Angliya bayrogʻi Arsenal F.C.
Angliya bayrogʻi Chelsea F.C.
Angliya bayrogʻi Manchester City F.C.
Angliya bayrogʻi Reading (futbol klubi)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019-2021
2021-2024
2024-
Angliya bayrogʻi Reading (futbol klubi)
Angliya bayrogʻi Crystal Palace F.C.
Olmoniya bayrogʻi FC Bayern Munich
67
82
0
(7
14
0)
Milliy terma jamoa
2024- Fransiya bayrogʻi Fransiya (olimp) (1 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Karyerasi

tahrir

Xammersmitda tugʻilgan Maykl „Arsenal“, „Chelsi“ va „Manchester Siti“ futbol akademiyalarida shugʻullangan. 2016-yilda Reading (futbol klubi) futbol akademiyasining futbolchisiga aylangan[1]. 2019-yil 12-martda u „Lids Yunayted“ga qarshi Chempionship oʻyinida „Reading“ning asosiy jamoasida debyut qilgan[2]. 2020-yil 19-sentabrda u Barnsliga qarshi oʻyinda „Reading“ safidagi ilk golini urgan[3]. Hammasi boʻlib, Olise 2020/21-yilgi mavsumda „Reading“ uchun 44 ta oʻyinda 7 ta gol urgan va Angliya futbol ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga nomzod boʻlgan[4].

2021-yil 8-iyulda u „Kristal Pelas“ ga oʻtib, klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[5]. 2021-yil 11-sentabrda u yangi klubi uchun debyutini Premer-ligada "Tottenham Hotspur FC" ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va Jordan Ayew oʻrniga maydonga tushgan[6]. 2021-yil 3-oktabrda u „burgutlar“ safidagi ilk golini "Leicester City F.C." ga urgan va Klinton Morrison dan keyin Pelasning Premer-ligadagi eng yosh toʻpurariga aylangan[7][8].

2023-yilning avgustida "Chelsea F.C." Olisening 35 million funt sterling miqdoridagi shartnomasini sotib olish variantini faollashtirgan, biroq futbolchi „pensionerlar“ning taklifini rad etgan va „Kristal Pelas“ bilan yangi shartnoma imzolagan[9].

2024-yilning iyulida u "FC Bayern Munich" ga oʻtib, 2029-yilgacha shartnoma imzolagan[10]. Transfer summasi 45 million funtni tashkil etgan, yana 5 millioni bonuslar koʻrinishida taqdim etilgan[11].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

2019-yilning iyun oyida u Fransiya U18 terma jamoasi safida ikkita oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazgan[12].

2022-yilning mart oyida u Fransiya U21 terma jamoasida debyut qilgan[13].

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi[14].

Hayoti

tahrir

Angliyada nigeriyalik va fransuz-jazoirlik oilasida tugʻilgan[15].

Manbalar

tahrir
  1. „12 youngsters inducted onto Academy scholarships“ (en). ReadingFC.co.uk/ (2018-yil 3-iyul). 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  2. „Reading 0-3 Leeds United: Pablo Hernandez scores twice as Leeds return to the top“ (en). BBC Sport (2019-yil 12-mart). 2021-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  3. „Reading 2-0 Barnsley: Royals overcome nine-man Tykes“ (en). BBC Sport (2020-yil 19-sentyabr). 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  4. „EFL Awards: Norwich's Emi Buendia wins Championship player of the season award“ (en). BBC Sport (2021-yil 29-aprel). 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  5. „Michael Olise: Crystal Palace close to signing Reading forward“ (en). BBC Sport (2021-yil 7-iyul). 2021-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  6. „Crystal Palace 3-0 Tottenham Hotspur: Eagles beat leaders Spurs for first win of league campaign“ (en). BBC Sport (2021-yil 11-sentyabr). 2021-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  7. Wyatt, Mark. „Patrick Vieira says Michael Olise still needs time to develop“ (en). Football.London (2021-yil 5-oktyabr). 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  8. „Crystal Palace 2-2 Leicester City Palace fight back to salvage draw“ (en). BBC Sport (2021-yil 3-oktyabr). 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  9. „Michael Olise turns down Chelsea and signs new four-year Crystal Palace deal“ (en). The Guardian (2023-yil 17-avgust). 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  10. „FC Bayern sign Michael Olise“ (de). fcbayern.com. FC Bayern München (2024-yil 7-iyul). Qaraldi: 2024-yil 7-iyul.
  11. „Michael Olise targets trophies after completing Bayern Munich move“ (en). The Guardian (2024-yil 7-iyul).
  12. „Michael Olise“ (fr). Fédération Française de Football. 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  13. „Michael Olise“ (fr). Fédération Française de Football. 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  14. „La pré-liste pour les JO“ (fr). fff.fr. Федерация футбола Франции (2024-yil 3-iyun). 2024-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-iyul.
  15. „Meet Michael Olise, already the Championship's most-coveted wonderkid“ (en). Daily Mirror (2021-yil 15-yanvar). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.

Havolalar

tahrir