Michael Walsh

amerikalik musiqa tanqidchisi, yozuvchi, ssenariynavis

Michael Alan Walsh (talaffuzi: Maykl Uolsh; 1949-yil 23-oktyabrda tugʻilgan[1]), shuningdek, David Kahane — amerikalik musiqa tanqidchisi, yozuvchi, ssenariynavis, media tanqidchi, madaniy-siyosiy maslahatchi va 19-tuzatishni bekor qilish tarafdori[2][3].

Michael Walsh
Tavalludi
Michael Alan Walsh

23-oktyabr 1949-yil (1949-10-23) (75 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi musiqa tanqidchisi, yozuvchi, ssenariynavis, media tanqidchi

Faoliyati

tahrir

Walsh jurnalistlik faoliyatini 1972-yilda New York shtatining Democrat and Chronicle jurnalida muxbir va keyinchalik musiqa tanqidchisi sifatida boshlagan. 1977-yilning noyabr oyida San Francisco Examiner gazetasida klassik musiqalarning bosh tanqidchisi etib tayinlangan. Gazetadagi amalga oshirgan ishlari uchun 1980-yili ASCAP-Deems Taylor mukofotiga sazovor boʻlgan. 1981-yilning bahorida Time jurnalida musiqa tanqidchisi sifatida faoliyat boshlaydi[4]. Jurnaldagi ishiga doir muqova mavzulari James Levine, Vladimir Horowitz hamda Andrew Lloyd Webber kabi mashhurlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 1989—1996-yillarda Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan jurnalning xorijiy muxbiri oʻlaroq 1989-yilgi Berlin devori va 1991-yilgi sovet kommunizmining qulashini bevosita oʻz koʻzi bilan koʻrgan holda yoritgan. 

Walsh 2007-yil fevral oyidan boshlab toki 2015-yilgacha boʻlgan vaqt davomida National Review jurnali uchun oʻz ismi hamda David Kahane (The Player filmidagi toʻqima obraz) nomi ostida maqolalar yoza boshlaydi[5]. Walshning David Kahane obrazi ortiga berkingan shaxsiyati „konservativ auditoriyaga yashash qoidalari haqida haddan tashqari koʻp narsalarni aytib berish odatiga ega boʻlgan hamda Hollywood liberallaridan biriga aylangan“, deya taʼriflangan[6].

Uning eng soʻnggi kitobi Last Stands boʻlib, nashr etilgan kuniyoq Amazonda savdosi oʻsib borgan hamda koʻplab bestseller asarlar qatoridan oʻrin olib kelmoqda[manba kerak].

Kitoblari

tahrir

Uydirmadan yiroq asarlari

tahrir
  • Carnegie Hall: The First One Hundred Years (Harry N. Abrams, 1987)
  • Whoʻs Afraid of Classical Music (Fireside Books, 1989)
  • Andrew Lloyd Webber: His Life and Works (Abrams, 1989, 1997-yili yangilangan)
  • Whoʻs Afraid of Opera? (1994)
  • So When Does the Fat Lady Sing? (Amadeus, 2008).
  • Rules for Radical Conservatives (2010)
  • The People v. the Democratic Party (Encounter Broadside, 2012)
  • The Devil’s Pleasure Palace (Encounter Books, 2015)
  • The Fiery Angel (Encounter Books, 2018)
  • Last Stands (St. Martinʼs Press, 2020-yil, dekabr)

Romanlari

tahrir

Shaxsiy hayoti

tahrir

Hozirda Los Angeles shahridagi Wende muzeyining maslahat kengashida faoliyat yuritadi[7]. Uning asosiy yashay joyi Konnektikut qishloqlari va Irlandiyaning Kler okrugida joylashgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Library of Congress Authorities (Search for Name, Subject, Title and Name/Title)“. authorities.loc.gov.
  2. McGrath. „Michael Walsh's Anti-Satanic Verses“. Law & Liberty (2018-yil 25-iyul).
  3. „THE COLUMN: To Save America, Repeal the 19th Amendment | The Pipeline“ (en-US) (2023-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.
  4. McGrath. „Michael Walsh's Anti-Satanic Verses“. Law & Liberty (2018-yil 25-iyul).
  5. „David Kahane/Michael Walsh - National Review“. National Review (2010-yil 30-sentyabr).
  6. „Kahane's Ruling Ways - Interview - National Review Online“. National Review. 2010-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-sentyabr.
  7. „People“. The Wende Museum. Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.

Havolalar

tahrir