Michel Pierre Talagrand (talaffuzi: Mishel Pyer Talagran) (1952-yil 15-fevralda tugʻilgan) – fransiyalik matematik. 1985-yildab beri Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida tadqiqotchi (fransuzcha: chargé de recherche) oʻlaroq faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, Jussieu–Paris Rive Gauche matematika institutining funksional analiz jamoasi aʼzosi. Bundan tashqari, 15 yildan oshiq vaqt mobaynida Ogayo shtati universitetida oʻqituvchilik qilgan.

Michel Talagrand
Tavalludi 15-fevral 1952-yil (1952-02-15) (72 yosh)
Béziers, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Institutlar Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi
Taʼlimi Pierre va Marie Curie universiteti
Akademik rahbarlari Gustave Choquet
Mukofotlari

Talagrand asosan ehtimollar nazariyasi, funksional analiz hamda matematik fizika sohalariga hissa qoʻshgan. Olim 2024-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Michel Talagrand awarded the 2024 Abel Prize“. The Abel Prize. 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.