Michio Mado
Mitio Mado (yaponcha: まど・みちお ismi Mitio Isida; 1909-yil 16-noyabr— 2014-yil 28-fevral) yapon shoiri, bolalar uchun koʻplab sheʼrlar muallifi.
Michio Mado | |
---|---|
Asl ismi | まど・みちお |
Tavalludi |
Митио Исида 1909-yil 16-noyabr |
Vafoti |
2014-yil 28-fevral Tokio, Yaponiya |
Ijod qilgan tillari | yaponcha |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Faoliyat yillari | 1928– 2014-yillar |
Janr | Bolalar adabiyoti |
Biografiyasi
tahrirMitio Xonsyu orolidagi Yamaguti prefekturasida tugʻilgan. Besh yoshga toʻlganda, uning ota-onasi Tayvanga (1945-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan) ishlash uchun ketishdi. Shoir 5 yil bobosi bilan birga yashadi. Keyinchalik Tayvanga, ota-onasining yoniga koʻchib oʻtdi va u yerda Taypey Milliy Texnologiya Universitetini tugatdi. Oʻzining birinchi she’rlarini „Ayumi“ gazetasida nashr etdi. Universitetni tugatgandan soʻng, Tayvan general-gubernatori apparatida Suv yoʻllari va portlar departamentida muhandis boʻlib ishlagan.
Shoir 1943-yilda Yaponiya harbiy-dengiz flotiga xizmatga chaqirildi va bir qator harbiy kampaniyalarda faoliyat yuritdi. Yaponiya taslim boʻlgandan soʻng Singapurga ketgan. 1948-yilda Yaponiyaga qaytgach, Mado „Detskaya kniga“ jurnali nashr etiladigan nashriyotda ishladi. 1959-yilda nafaqaga chiqqanidan soʻng, oʻzini butunlay sheʼriyat va rassomlikka bagʻishladi. Uning ijodiy merosi 1200 dan ortiq she'rlarni oʻz ichiga oladi[1].
Madoning ijodi 1990-yillarning boshlariga qadar Yaponiyadan boshqa joyda chop etilmagan, ammo 1992-yilda Empress Mitiko tashabbusi bilan Madoning „Dōbutsutachi“ („Hayvonlar“) kitobi ingliz tiliga tarjima qilindi. Yaponiya va AQShda ikki tilli (yapon-ingliz) versiyada nashr etildi va butun dunyoga tarqaldi. 1994-yilda Andersen nomidagi mukofotga sazovor boʻldi[2].
Mito Madoning ikkita she’rini 1934-yilda Hakusyu Kitaxara „Kodomo no kuni“ bolalar jurnalida chop etish uchun tanladi va 1936-yilda bastakor Yasuxara Yamaguti Madoning „Futa atsu“ she’riga kuy bastalagan. Shunday qilib, uning ikkinchi jahon urushi bilan toʻxtatilgan bolalar yozuvchisi sifatidagi karyerasi boshlandi.
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.libfl.ru/about/dept/children_centre/portraits/display.php?file=mado.html ( at www.libfl.ru Error: unknown archive URL 20140301145929 sanasida arxivlangan) Mitio Mado
- ↑ http://library.city.urayasu.chiba.jp/special/200906/page_2.html ( at library.city.urayasu.chiba.jp Error: unknown archive URL 20150610195741 sanasida arxivlangan) Webseite der Bibliothek Urayasu