Microsoft Outlook – Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy maʼlumotlarni boshqarish dasturi boʻlib, Microsoft 365 dasturiy taʼminot toʻplamining bir qismi. Asosan bizneslar uchun elektron pochta mijozi sifatida mashhur boʻlsa-da, Outlook taqvim boshqaruvi, vazifalar boshqaruvi, kontaktlar boshqaruvi, eslatmalar yozish, jurnal yuritish, veb-sahifalarni koʻrish va RSS yangiliklarini yigʻish funksiyalarni ham oʻz ichiga oladi.

Microsoft Outlook
Turishaxsiy maʼlumotlarni boshqarish
Ishlab chiquvchiMicrosoft korporatsiyasi
tashkil topdi:16-yanvar, 1997-yil (27 yil avval) (1997-01-16)
So‘nggi versiyasiMicrosoft 365 & Retail (Windows)
Operatsion tizimWindows, macOS
LitsenziyaTrialware
Vebsayt:microsoft.com/microsoft-365/outlook/

Jismoniy shaxslar Outlookni alohida dastur sifatida ishlatishi mumkin, tashkilotlar esa uni bir nechta foydalanuvchiga moʻljallangan dastur sifatida (Microsoft Exchange Server yoki SharePoint orqali) pochta qutilari, taqvimlar, papkalar, maʼlumotlarni yigʻish (masalan, SharePoint roʻyxatlari) va uchrashuvlarni rejalashtirish ilovalari kabi umumiy funksiyalar uchun joriy qilishi mumkin[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Microsoft is forcing Outlook and Teams to open links in Edge, and IT admins are angry“ (2023-yil 3-may). 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.

Havolalar

tahrir