Mike Pence
Michael Richard Pence (talaffuzi: Maykl Richard Pens; 7-iyun 1959-yil) – AQSHlik yurist, siyosatchi, 2017-yil 20-yanvardan AQSH vitse-prezidenti. 2013-2017-yillarda Indiana shtati gubernatori. 2001-2013-yillarda Senat aʼzosi[1][2].
Mike Pence | |
---|---|
AQSH vitse-prezidenti | |
Mansab davri 2017-yil 20-yanvardan – 2021-yil 20-yanvargacha | |
Prezident | Donald Trump |
Oʻtmishdoshi | Joe Biden |
Vorisi | Kamala Harris |
Indiana shtati gubernatori | |
Mansab davri 2013-yil 14-yanvardan – 2017-yil 9-yanvargacha | |
Oʻtmishdoshi | Mitch Daniels |
Vorisi | Eric Holcomb |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Michael Richard Pence 7-iyun 1959-yil Indiana |
Siyosiy partiyasi | Respublikachi |
2013-yildan 2017-yilgacha Indiana gubernatori boʻlib ishlagan, Kongressda shtat vakili boʻlgan[3][4].
Hayoti
tahrirMike Pence 1959-yil 7-iyun kuni Indiana shtatining Kolumbus shahrida tugʻilgan. Oʻsha paytda bir qator yoqilgʻi quyish shoxobchalariga ega boʻlgan Enn Jeyn (niki Kouli) va Edvard Jozef Pensning olti farzandidan biridir[5]. Uning otasi Koreya urushi paytida AQSh armiyasida xizmat qilgan. 1953-yilda bronza yulduzi bilan taqdirlangan. Kelib chiqishi boʻyicha uning otasi nemis, onasi irland edi. Uning otasi tomonidan bobosi Edward Chikago fond birjasida ishlagan[6].
1977-yilda Kolumbus Shimoliy oʻrta maktabini tamomlagan[7]. 1981-yilda Gannover kollejida tarix boʻyicha bakalavr darajasini va 1986-yilda Indiana universiteti qoshidagi MakKinni yuridik maktabida huquqshunoslik doktori darajasini oldi[8]. Gannoverni tugatgandan soʻng, 1981-yildan 1983-yilgacha kollejga qabul qilish boʻyicha maslahatchi boʻlgan[9].
Bolaligida va yoshligida katolik boʻlgan[10]. 1976-yildan Demokratik partiyaning aʼzosi. 1980-yilgi prezidentlik saylovlarida Jimmi Karterga ovoz bergan. Uning soʻzlariga koʻra, Jon Kennedi, Martin Lyuter King kabi siyosiy arboblar uning faoliyatining gʻoyaviy ilhomlantiruvchilariga aylanishgan[9]. Pens kollejda oʻqib yurganida, onasini xafa qilib, katolik cherkovini tark etib, yevangelchi boʻldi. Uning siyosiy qarashlari oʻngga siljiy boshladi. Shu paytdan boshlab, Pens „Ronald Reyganning sogʻlom fikrli konservatizmi“ gʻoyasi bilan tanishishni boshladi[11].
1986-yilda huquqshunoslik fakultetini tamomlagandan soʻng, Pence advokat boʻlib ishlagan. 1988-yilda Indiana shtatidan Kongress saylovida Filipp Sharpga yutqazdi. 1990-yilda Sharp bilan toʻqnash kelgan. Butunlay saylov kampaniyasiga eʼtibor qaratish uchun bir muddat advokatlik faoliyatini tark etishga majbur boʻldi va yana magʻlub boʻldi[12].
2000-yilda AQSh Kongressi Vakillar palatasiga nomzod boʻlishga harakat qila boshladi. Indiana 2-okrugida (2002-yildan beri Indiana 6-okrugida) gʻolib chiqdi[13].
Keyingi toʻrtta saylovda qayta saylandi. 2006, 2008 va 2010-yillarda demokrat Barry Walesni magʻlub etgan[14].
Pens partiya rahbariyatida koʻtarila boshladi va 2005 yildan 2007 yilgacha Konservativ palatadagi respublikachilar guruhi vakili boʻlgan Respublika tadqiqot qoʻmitasi raisi lavozimida ishladi. 2006 yilning noyabrida AQSh Kongressi Vakillar palatasida Respublikachilar partiyasi (ozchilik yetakchisi) yetakchisi lavozimiga nomzodini qoʻyishini eʼlon qildi. Agar saylansa, 1994-yilgi Respublika inqilobining „qadriyatlarini jonlantirmoqchi“ edi. Biroq Ogayo shtatidan Jon Beynerga yutqazdi, Beyner 168, Pence 27 ovoz toʻpladi.
2009-yil yanvar oyida Mike Respublikachilar konferensiyasi raisi etib saylandi va ozchiliklar yetakchisi Jon Beyner, Vakillar palatasi respublikachilar yetakchisi Erik Kantordan keyin Respublikachilar partiyasining uchinchi yetakchisiga aylandi[15]. 1981-yildan beri Vakillar palatasida yetakchilik lavozimini egallagan Indiana shtatidan birinchi vakil boʻldi. Pencening oʻn ikki yillik boshqaruvi davomida 90 ta qonun loyihasi va rezolyutsiyasi kiritildi[16]. U quyidagi komissiyalarda ishlagan: 107-Kongress (2001–2003): qishloq xoʻjaligi, adliya, kichik biznes; 108-Kongress (2003–2005): qishloq xoʻjaligi, tashqi aloqalar, sud ishlari; 109-Kongress (2005–2007): qishloq xoʻjaligi, tashqi aloqalar, sud ishlari; 110-Kongress (2007–2009): tashqi ishlar, sud tizimi; 111-Kongress (2009–2011): tashqi ishlar; 112-Kongress (2011-2013): tashqi ishlar, sud jarayonlari.
2008-yilda Esquire jurnali Pensni Kongressning eng yaxshi oʻn nafar aʼzosi qatoriga kiritdi[17]. Pens 2008-yilda va 2012-yilda respublikachilardan prezidentlikka nomzod boʻlishi mumkinligi haqida aytilgan edi. 2010-yilda Indiana shtatining amaldagi demokrat senatori Evan Bayga qarshi kurashga taklif qilingan, biroq Mayk poygada qatnashmaslikka qaror qilgan[18].
Manbalar
tahrir- ↑ „The Republic from Columbus, Indiana · Page 1“. Qaraldi: 17-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Wedding Bells Ring Out For 3 S. Side Couples“. Chicago Daily Tribune (5-aprel 1956-yil). 2013-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
- ↑ Groppe, Maureen. „U.S. Rep. Mike Pence of Indiana to get House GOPʻs No. 3 leadership job“ (19-noyabr 2008-yil). 29-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2008-yil.
- ↑ Hulse, Carl. „Mike Pence Emerging as a Commanding Figure in Trump Administration“ (11-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Mike Pence: Everything You Need to Know“ (en). 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
- ↑ „Mike Pence has a deep affection for Ireland. It's not completely reciprocated“ (en). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
- ↑ „Mike Pence’s Journey: Catholic Democrat to Evangelical Republican“ (en). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
- ↑ „Star of the Right Loses His Base at the Border“ (en). 2020-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
- ↑ 9,0 9,1 „Trump's VP: 11 things to know about Mike Pence“ (en). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
- ↑ „Edward Joseph Pence, Jr.“. geni.com.
- ↑ „Mike Pence explains how Ronald Reagan made him a Republican“ (en). 2016-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
- ↑ Cuetara, Ines De La „Mike Pence: Everything You Need to Know“. ABC News (14-iyul 2016-yil). Qaraldi: 15-iyul 2016-yil.
- ↑ „2006 Indiana Election Report“ (en). 2020-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
- ↑ „2010 Indiana Election Report“ (en). 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
- ↑ „Boehner elected as Republican leader“ (en). 2017-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Mike Pence: A Conservative Proudly Out of Sync With His Times“ (en). 2019-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „The 10 Best Members of Congress: Text Only Version“ (en). 2018-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Is Pence inspired?“ (en). 2013-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.