Mikey Madison (1999-yil 25-martda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. U oʻz karyerasini 2016-yildan 2022-yilgacha FX telekanalining „Better Things“ nomli komediya seriyasida serjahl oʻsmir Max Fox roli orqali boshlagan[1]. Oʻshandan beri u Quentin Tarantinoning 2019-yilda suratga olingan „Once Upon a Time in Hollywood“ nomli filmida Mansonlar oilasining izdoshi Susan „Sadie“ Atkins rolini, 2022-yilda suratga olingan „Scream“ filmida esa Amber Friman rolini oʻynadi[2]. U, shuningdek, 2024-yilda Kann kinofestivalida Oltin palma mukofotini qoʻlga kiritgan Sean Bakerning „Anora“ filmida bosh rol hisoblangan Anora (Ani) rolini ijro etdi[3].

Mikey Madison

Madison 2024-yilgi Kann festivalida
Tavalludi
Mikaela Madison Rosberg

25-mart 1999-yil (1999-03-25) (25 yosh)
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2013–hozirgacha

Hayoti

tahrir

Mikey Madison 1999-yil 25-martda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida tugʻilgan. Uning egizak akasi va yana uchta ukasi bor[4]. Singlisi ssenariynavisga turmushga chiqqanidan soʻng, Madison oʻzini aktrisalik faoliyatida sinab koʻrish uchun ot sportini tark etib, 2013-yilda birinchi rolini ijro etdi. U yahudiy[5][6].

Karyerasi

tahrir

Madison oʻzining aktrisalik faoliyatini koʻplab qisqa metrajli filmlarda, jumladan, „Retirement“ (2013), „Pani’s Box“ (2013) va „Bound for Greatness“ (2014) filmlarida suratga tushish bilan boshlagan. 2014-yilda Madison oʻzining birinchi badiiy filmi „Liza, Liza, Skies Are Grey“ filmida 15 yoshida rol ijro etdi. Ammo, film 2017-yilgacha chiqarilmadi. 2016-yilda u Louis CK va Pamela Adlon tomonidan suratga olingan FX kanalining „Better Things“ nomli komediya-drama seriyasida Max Fox rolini oʻynadi. 2022-yilda serialning beshinchi va soʻnggi mavsumi suratga olindi va u yakunlandi.

2017-yildan 2018-yilgacha u Bravo telekanalining „Imposters“ nomli komediya serialida ikkinchi darajali rolni ijro etgan. 2018-yilda Madison „Monster“ va „Nostalgia“ drama filmlarida koʻrinish berdi. U Quentin Tarantinoning „Once Upon a Time in Hollywood“ (2019) nomli komediya-drama filmidagi Manson oilasining aʼzosi Susan „Sadie“ Atkins roli orqali yanada mashhurlikka erishdi. Mikey, shuningdek, 2019-yil oktabr oyida chiqarilgan „The Addams Family“ nomli oq-qora tarzda suratga olingan animatsion komediyada Candi the Barista personajiga ovoz berdi.

2020-yil sentabr oyida Madison Mett Bettinelli-Olpin va Tyler Gillett rejissyorligidagi „Qichqiriq“ filmida ikkinchi darajali qahramon, Amber Friman rolini oʻynadi. Film 2022-yil 14-yanvarda premyera qilindi. 2024-yilda Madison 2024-yilgi Kann kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan va Oltin palma mukofotini qoʻlga kiritgan Sean Bakerning „Anora“ filmida striptizchi Anora (Ani) rolini oʻynadi.

Filmografiyasi

tahrir
Izoh
  Ushbu belgi hali chiqarilmagan filmni bildiradi

Filmlari

tahrir
Yil Nomi Rol Izoh Manba(lar)
2013-yil Retirement Hitmanning qizi Qisqa metrajli film
Pani’s Box Pani Qisqa metrajli film
2014-yil Bound for Greatness Haley Stevenson Qisqa metrajli film
2017-yil Liza, Liza, Skies Are Grey Liza
2018-yil Monster Alexandra Floyd
Nostalgia Kathleen
2019-yil Once Upon a Time in Hollywood Susan „Sadie“ Atkins [7]
The Addams Family Candi the Barista Ovoz bergan [8]
2021-yil It Takes Three Kat Walker [9]
2022-yil Scream Amber Freeman [7][10]
2023-yil All Souls River [11]
2024-yil Anora Anora (Ani) [7]

Teleseriallari

tahrir
Yil Nomi Rol Izoh Manba(lar)
2016–2022-yillar Better Things Max Fox Asosiy rol, 46 ta epizod [7]
2017–2018-yillar Imposters Young Maddie 2 ta epizod [8][12]
2024-yil   Lady in the Lake Judith Weinstein Asosiy rol, mini-serial [13]

Manbalar

tahrir
  1. „Pamela Adlon and Louis C.K.'s 'Better Things' First Trailer“. Screencrush.com (2016-yil 19-iyul). 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
  2. Carras, Christi. „What did the real characters in 'Once Upon a Time ... in Hollywood' look like?“ (2019-yil 27-iyul). 2019-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  3. „Anora“. www.imdb.com. Qaraldi: 14-iyul 2024-yil.
  4. Shanahan, Christina „Why you should binge watch Better Things over the Long Weekend, according to Mikey Madison“. InStyle (2016-yil 24-noyabr). 2017-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
  5. Nordstrom, Leigh „Meet Mikey Madison From FX's 'Better Things'“. wwd.com (2016-yil 13-oktyabr). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
  6. „Haim for the Oscar? That, and what to watch this week in Jewish entertainment“ (2022-yil 14-yanvar). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Allaire, Christian „Inside ‘Anora’ Star Mikey Madison’s First Cannes Film Festival“ (en-US). Vogue (2024-yil 23-may). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  8. 8,0 8,1 Todisco, Eric „Mikey Madison: 5 Things To Know About The New ‘Scream’ Star“ (en-US). Hollywood Life (2022-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  9. Muir, Nathaniel „'It Takes Three' review: Formulaic rom-com tries but forgets most important part • AIPT“ (en-us). aiptcomics.com (2021-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  10. Cruse, Daniel „Mikey Madison Gave Us a Deranged, Fire-Burning Killer — Twice“ (en). Collider (2024-yil 24-may). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  11. „Exclusive All Souls Clip Features Mikey Madison in Distress“ (en-US). Yahoo Entertainment (2023-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  12. Saclao, Christian „‘Imposters’ Season 2 Will Revisit Maddie’s Past“ (en-US). International Business Times (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  13. Miller, Julie „Inside Natalie Portman’s New Murder Mystery Series, Lady in the Lake“ (en-US). Vanity Fair (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.

Havolalar

tahrir