Mikrokator — detallarning chiziqli oʻlchamlarini oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Ishi tegishish (kontakt) usuliga asoslangan. Choʻzilganda maʼlum burchakka buriladigan lentasimon prujinadan iborat oʻzgaruvchan elementi (mexanizmi) bor. Oʻlchanadigan uzunlikni prujinaning oʻrtasiga mahkamlangan shkala mili koʻrsatadi. Mikrokator mexanizmi ixcham prujinali oʻlchash kallaklari — mikatorlarda, prujinarichagli indikatorlar—minikatorlarda, prujina-optik oʻlchash kallaklari — optikatorlarda qoʻllanadi. Mikrokatorning oʻlchash aniqligi + 0,5%[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil