Mikrozarralar - oʻlchami 10 8 m dan 10 7 m gacha oralikdagi qiymatga mos kelgan barcha zarralar. Elementar zarralar, yadro, atom, molekula M. hisoblanadi. M.ning katta jismlardan farqi: M. bir vaqtning oʻzida ham toʻlqin, ham korpuskulyar xususiyatga ega; M.ni harakterlovchi fizik kattaliklar, asosan, diskret qiymatlargagina ega boʻlishi mumkin; M. harakati oʻrganilayotganda temperaturayektoriya tushunchasi oʻz mazmunini yoʻqotadi, uning oʻrnida M.ning fazoning biror kichik sohasida kuzatilayotgan vaqt oraligʻida boʻlish ehtimolligi haqida fikr yuritish mumkin. M.ning harakati bilan bogʻliq boʻlgan hodisalarni kvant mexanika oʻrganadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil