Millennials, shuningdek, Y avlod sifatida ham tanilgan, X avlodidan keyingi va Z avlodidan oldingi demografik guruh. Tadqiqotchilar va ommaviy axborot vositalari 1980-yillarning boshlarini ushbu guruhga kiruvchi aholi tavvalud yili deya hisoblashgan, 1990-yillarning oʻrtalari va 2000-yillarning boshlarini esa ushbu avlodning soʻngi aʼzolari tugʻilgan sana sifatida olishgan, bu avlodga odatda 1981-1996-yillarda tugʻilgan insonlar mansub boʻlgan[1][2]. Aksariyat Millennials guruhidagi odamlar Baby Boomers va X avlodining farzandlari hisoblangan[3]. Oʻz navbatida Millennials guruhidagilar koʻpincha Alfa avlodining ota-onalari hisoblanishgan[4]. Internet bilan oʻsgan birinchi avlod sifatida Millennials ham birinchi global avlod sifatida tasvirlangan[5]. Avlod odatda Internet, mobil qurilmalar va ijtimoiy tarmoqlardan yuqori foydalanish va ular bilan tanishish bilan ajralib turgan[6]. Hozirda keyingi avlodlarga nisbatan qoʻllaniladigan " digital natives „ atamasi dastlab ushbu avlodni tasvirlash uchun yaratilgan[7]. Butun dunyo boʻylab yoshlar turmush qurishni yoki er-xotin sifatida birga yashashni keyinga qoldirilgan[8]. Millennials guruhiga kiruvchi aholi butun dunyo boʻylab tugʻilish koʻrsatkichlari pasayib borayotgan bir vaqtda tugʻilgan[9] va avvalgilariga qaraganda kamroq farzand koʻrishgan[10][11][12][13]. Rivojlanayotgan mamlakatlardagilar global aholi oʻsishining asosiy qismini tashkil etishda davom etadilar[14]. Rivojlangan mamlakatlarda 2010-yillarning yoshlari xuddi shu yoshda boʻlganlarida, avvalgilariga nisbatan jinsiy aloqaga kamroq moyil boʻlgan[15]. Gʻarbda ular oʻzlarining oldingilariga qaraganda kamroq dindor boʻlishgan[16][9].

1990 – 2010-yillar davomida rivojlanayotgan dunyo aholisining bilim darajasi ortib borgan, bu esa bu mamlakatlarda iqtisodiy oʻsishni kuchaytirgan omillardan biri[17]. Butun dunyodagi Millennials guruhiga mansub odamlar oʻzlarining ish hayotini boshlaganlaridan beri sezilarli iqtisodiy tanazzulga duch kelishgan, koʻpchilik Buyuk inqirozdan keyin mehnat bozoridagi dastlabki yillarida yoshlar ishsizligining yuqori darajasi kuzatildi va COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-yilda yana bir inqirozga uchragan[18][19].

Terminologiyasi

tahrir

Ushbu demografik guruhning nomi Millennials, guruh a'zolari Millennialslar deyiladi chunki eng keksalari ming yillikning oxirida ulg'ayishgan[20]. Mualliflar Uilyam Strauss va Nil Xou, Strauss-Hou avlod nazariyasini yaratish bilan mashhur boʻlib, Millennialslarni nomlash bilan shugʻillangan[21]. Ular bu atamani 1987-yilda, taxminan 1982-yilda tugʻilgan bolalar bogʻchaga qadam qoʻyayotgan paytda ishlab chiqdilar va ommaviy axborot vositalari birinchi boʻlib 2000-yilgi oʻrta maktab bitiruvchisi sifatida yaqinlashib kelayotgan yangi ming yillik bilan istiqbolli aloqalarini aniqladilar[22]. Ular guruh haqida oʻzlarining “Avlodlar: The History of Americaʼs Future, 1584 to 2069(1991) va "Millennials Rising: The Next Great Generation "(2000) kitoblarida yozgan[22][23].

Manbalar

tahrir
  1. „Sorry, boomers: millennials and younger are new US majority“ (en). AP News (2020-yil 3-avgust).
  2. „Different generations are sharing what they did before they could look stuff up on the internet“ (en). NBC News (2023-yil 26-sentyabr).
  3. Strauss, William. Millennials Rising: The Next Great Generation, Cartoons by R.J. Matson, New York: Vintage Original, 2000 — 54-bet. ISBN 9780375707193. 
  4. Carter. „The Complete Guide To Generation Alpha, The Children Of Millennials“ (en). Forbes. 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  5. David Pendleton, Peter Derbyshire, Chloe Hodgkinson (2021), Work-Life Matters: Crafting a New Balance at Work and at Home (p. 35), Springer Nature, ISBN 9783030777685
  6. „NowUKnow: Millennials Lead the Way in the Digital Future“. www.bentley.edu (2018-yil 19-oktyabr).
  7. Prensky. „Digital Natives, Digital Immigrants“. MCB University Press. Qaraldi: 2013-yil 6-noyabr.
  8. Gan, Nectar. „Chinese millennials aren't getting married, and the government is worried“. CNN (2021-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
  9. 9,0 9,1 Kaufmann, Eric „Chapter 7: Sacralization by Stealth? The Religious Consequences of Low Fertility in Europe“, . Whither the Child? Causes and Consequences of Low Fertility Kaufmann: . Boulder, Colorado, United States: Paradigm Publishers, 2013 — 135–56-bet. ISBN 978-1-61205-093-5. 
  10. „The UN revises down its population forecasts“. The Economist (2019-yil 22-iyun). Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
  11. Sebastiaan van de Water. „Zijn er nu meer mensen die geen kinderen willen dan vroeger?“ (nl). Quest (2020-yil 20-mart). Qaraldi: 2020-yil 30-may.
  12. Bodin, Maja; Plantin, Lars; Elmerstig, Eva (December 2019). "A wonderful experience or a frightening commitment? An exploration of men's reasons to (not) have children". Reproductive Biomedicine & Society Online 9: 19–27. doi:10.1016/j.rbms.2019.11.002. PMID 31938736. PMC 6953767. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6953767. 
  13. Zeihan, Peter. The Absent Superpower: The Shale Revolution and a World without America. Zeihan on Geopolitics, 2016. ISBN 9780998505206. 
  14. AFP. „Developing nations' rising birth rates fuel global baby boom“. The Straits Times (2018-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-fevral.
  15. Julian, Kate. „Why Are Young People Having So Little Sex?“. The Atlantic (2018-yil dekabr). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  16. Goldberg, Jeanne (January–February 2020). „Millennials And Post-Millennials – Dawning Of A New Age?“. Skeptical Inquirer. 44-jild, № 1. Amherst, NY: Center for Inquiry. 42–46-bet. 21 June 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21 June 2020.
  17. Soloman, Paul. „Why the new global wealth of educated women spurs backlash“. PBS Newshour (2018-yil 31-may). Qaraldi: 2020-yil 20-noyabr.
  18. Kahn, Michael. „Coronavirus 'Class of 2020': Europe's lost generation?“. Reuters (2020-yil 9-iyul). Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
  19. Kurtzleben, Danielle. „Here We Go Again: Millennials Are Staring At Yet Another Recession“. NPR (2020-yil 8-iyun). Qaraldi: 2020-yil 3-iyul.
  20. Paulin. „Fun facts about Millennials: compa Tring expenditure patterns from the latest through the Greatest generation : Monthly Labor Review: U.S. Bureau of Labor Statistics“ (en-us). www.bls.gov (2018-yil mart). — „According to the Pew Research Center, the first of the Millennials (so called because the oldest of them became adults around the turn of the millennium) were born in 1981“. Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
  21. Horovitz, Bruce. „After Gen X, Millennials, what should next generation be?“. USA Today (2012-yil 4-may). 2020-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan.
  22. 22,0 22,1 Strauss, William. Millennials Rising: The Next Great Generation, Cartoons by R.J. Matson, New York: Vintage Original, 2000 — 370-bet. ISBN 978-0-375-70719-3. Qaraldi: 2013-yil 17-oktyabr. 
  23. Strauss, William. Generations: The History of America's Future, 1584 to 2069. Harper Perennial, 1991. ISBN 978-0-688-11912-6.  p. 335

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir