Milliy kinoteatr shakllanishi XX asrning oʻninchi yillari Turkiston madaniyat tarixida yangi oʻzbek milliy teatrning shakllanish davri boʻlgan. Oʻzbek millatining ozodligini, erkini orzu qilgan jadid ziyolilari maʼrifatning targʻibotini teatrda deb bilishgan. Bu Jadidlarning (Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Lutfilla Olimiy, Muhammadsharif Soʻfizoda, Ashurali Zohiriy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy-Ajziy) tinmasdan qilgan harakati natiyjasida yuzaga kelgan. Turkistonga rus, tatar, ozarbayjon teatrlarining kirib kelishi oʻzbek milliy sanʼatiningshakllanishiga turtki bergan. Teatr masalasiga qiziqish 1910-yillardan boshlangan. Kengroq tarqatish maqsadida gazetalarga (Turkiston viloyatining gazeti) bosib eʼlonlar qilgan.

1911-yilda Mahmudxoʻja Behbudiy tamonidan yozilgan „Padarkush yoxud oʻqimagan bolaning axvoli“ nomli „3 parada 4 manzarali“ birinchi milliy pyesasi 1914-yil 15-yanvarida Samarqandning Yangi shahar hududida havaskorlar tamonidan namoyish etilgan. Uning rejissyori Abdulla Avloniy boʻlgan. Asar namoyishi ancha shov shuvlarga sabab boʻlgani uchun odamlar teatrga qiziqib kelgan. Chunki bu oʻz davrining chinakam yangiligi hisoblangan.

 Spektakildagi rollar 

Abdusalom Abdulrahim ogʻli (Boy), Abbos (Xayrullo), Mardanqul Shomuhammad (Domla), Yozdonqul Shohmuhammd oʻgʻli (boyvachcha Toshtemir), Mirzo Moʻmon mulla Fozil muftiy oʻgʻli (Ziyoli), tatar aktiyorlaridan Ahmad Shamsuddinov (pristav) lar ijro etishgan. Spektakil qoʻyilgandan soʻng Samarqanda truppa tuzulgan. Oʻzbek teatri — maʼrifiy teatr sifatida shakllandi.

Manbalar

tahrir

[1][2]

  1. [www.ziyouz.com. Milliy teatr va Behbudiy]. "Yoqut Print" Toshkent-2022 — 219-bet. Qaraldi: 19-noyabr 2022-yil. 
  2. [www.ziyouz.com. Milliy teatr va Behbudiy]. "Yoqut Print" Toshkent-2022 — 219-bet. Qaraldi: 19-noyabr 2022-yil.