Mimansa (sanskritcha — tadqiq qilmoq) — qad. hind falsafiy maktablaridan biri. Miloddan avvalgi 4—2-asrlarda paydo boʻlgan. Asoschisi "Mimansa-Sutra" asarining muallifi Jayminiy. M. vakillari tashqi olamning realligini tan olishgan, uning birdanbir isboti — sezgi aʼzolarimiz orqali moddiy olamni his etishdir, deb biladilar. Ular fikricha, olamdagi hamma narsa oʻzaro aloqadorlikda, jon abadiy, cheksiz substansiya boʻlib, doimo tana bilan boʻladi. Jon tana bilan birga oʻlmaydi, bir tanadan ikkinchi tanaga oʻtadi. Olamni bilishda hissiy bilishga eʼtibor berganlar. Vedalarning muqaddasligini tan olganlar. Barcha mavjud narsalar bilim manbaidir. M. ke-yingi davr falsafasi rivojiga hissa qoʻshgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil