Min — oʻrta asrdagi Xitoyda imperatorlar sulolasi (1368—1644). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi agʻdarilishi natijasida Chju Yuanʼchjan tomonidan asos solingan. 15-asr boshida bosqinchilik siyosati olib borgan. 1407-yil Xitoy qoʻshinlari Vyetnamni bosib olgan. Janubiy dengizlar va Hind okeani mintaqalari tomon Chjen Xe qoʻmondonligi ostida 7 ta dengiz ekspeditsiyasi joʻnatilgan. Portugaliyaliklarning Xitoyda oʻrnashib olishga urinishlari munosabati bilan M. imperatori U-szun 1521-yil yevropaliklarga Xitoyga kirishni taqiklab qoʻygan va u shuning uchun Aomin (Makao)dan tashqari barcha portlarni berkitgan. M. davrida ijtimoiy ziddiyatlar va sinfiy kurashning kuchayishi 17-asrning 20-yillarida dehqonlar urushini keltirib chiqargan. Qoʻzgolonchilar Li Szichen rahbarligida 1644-yil poytaxt Pekinni egallashgan va M. sulolasini agʻdarishgan. Xitoy mulkdorlarining bir qismi bu paytda Xitoyga bostirib kirgan manjurlar tomoniga oʻtgan va dehqonlar urushini bostirishda ularga koʻmaklashib, mamlakatda manjurlarning Sin sulolasi qaror topishiga yordam bergan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil