Mina Urgan
Mina Urgan (1916-yil 14-may — 2000-yil 15 iyun) — turkiyalik akademik, tarjimon, yozuvchi va sotsialistik siyosatchi.
Mina Urgan | |
---|---|
Tavalludi |
14-may 1916-yil Istanbul, Usmoniylar davlati |
Vafoti |
15-iyun 2000-yil (84 yoshda) Istanbul, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Taʼlimi |
|
Kasbi | Akademik, tarjimon, yozuvchi va siyosatchi |
Bolalari | 2 |
Otasi | Tahsin Nahit |
Onasi | Şefika |
Hayoti
tahrirMina Urgan 1916-yil 14-mayda Istanbulda shoir Tahsin Nahit va uning rafiqasi Şefika oilasida tugʻilgan[1]. Boshqa manbaga koʻra, u 1915-yil 1-mayda tugʻilgan[2]. Otasi uch yoshida vafot etgan, onasi esa turmush oʻrtogʻining vafotidan keyin taniqli jurnalist va yozuvchi Falih Rıfkı Atay bilan ikkinchi turmush qurgan. 1934-yilda Turkiyada familiya toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganda, uning oʻgay otasining yaqin doʻsti, taniqli yozuvchi Necip Fazil Kısakürek unga Urgan familiyasini taklif qilgan[3].
Mina Istanbul Notre Dame de Sion litseyi va Arnavutköy Qizlar kollejida (Robert kolleji) oʻqigan. Keyinchalik, Istanbul universitetining fransuz filologiyasi fakultetini tamomlagan. undan keyin esa ingliz adabiyoti boʻyicha doktoranturada oʻqishni davom ettirgan. 1949-yilda u „Harlequins in the era of Elizabeth I of England theater“ nomli dissertatsiyasi bilan dotsent unvonini olgan. Mina 1960-yilda Istanbul universitetining oʻzi bitirgan fakultetiga professor etib tayinlangan[1][2]. U 1977-yilda nafaqaga chiqqan[4].
Yozuvchilik karyerasi
tahrirU Thomas Malory, Henry Fielding (1707—1754), Honoré de Balzac (1799—1850), Aldous Huxley (1894—1963), Graham Greene (1904—1991), William Golding (1911—1993), John Galsworthy (1867—1933) va William Shakespearening (1564—1616) asarlarini turkchaga tarjima qilgan[4]. Urgan „Bir Dinozorun Anılari“ (oʻzbekcha: „Dinozavrning xotiralari“) avtobiografiyasi bilan shuhrat qozongan. 1998-yilda nashr etilgan kitob bir necha hafta davomida nestseller asarlar roʻyxatida qolgan[2][5]. Bu muvaffaqiyatdan soʻng u 1999-yilda nashr etilgan „Bir Dinozorun Gezileri“ (oʻzbekcha: „Dinozavrning sayohatlari“) nomli yana bir avtobiografiyasini yozdi[6].
Mukofotlari
tahrirMina Urgan 1993-yilda Oltin kitob mukofoti bilan taqdirlangan. „Virginia Woolf“ asari uchun 1995-yilda Sedat Simavi adabiyot mukofoti, 1996-yilda esa Adbiyotlar assotsiatsiyasi faxriy mukofotlari bilan taqdirlangan[2].
Asarlari
tahrir- Macbeth (1965)
- Shakespeare ve Hamlet (1984)
- İngiliz Edebiyatı Tarihi (5 bob, 1986-1993)
- Virginia Woolf (1995)
- D. H. Lawrence (1997)
- Edebiyatta Ütopya kavramı ve Thomas More
- Bir Dinazorun Anıları (1998)
- Bir Dinazorun Gezileri(1999)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Mina Urgan yaşamını yitirdi“ (tr) (2000-yil 17-iyun). Qaraldi: 2017-yil 16-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Mina Urgan Kimdir? Hayatı, Edebi Kişiliği, Eserleri“ (tr). Türk Dili ve Edebiyatı. Qaraldi: 2017-yil 16-iyul.
- ↑ „Bir Dinazorun Hayatı: Mina Urgan“ (tr) (2010-yil 11-iyun). Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
- ↑ 4,0 4,1 „Mina Urgan“ (tr). Biyografi. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
- ↑ „Bir Dinozorun Anıları“ (tr). goodreads. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
- ↑ „Bir Dinozorun Gezileri“ (tr). Yapı Kredi yayınları. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.